Translation is not possible.

#tarix #memorchilik #islom

Masjid Al Aqso haqida.

Masjid Al Aqso arabcha uzoqdagi Masjid.

Falastin davlati hududidagi Quddus shahrida joylashgan masjid, Baʼzan, al-Aqso masjidi yoki oddiy qilib al-Aqso deb ham nomlanadi. Al-Masjid al-Harom va al-Masjid an-Nabaviylardan keyin Islom dinidagi uchinchi muqaddas masjid hisoblanadi. Milodiy 624-yilgacha musulmonlar qiblasi Aqso bo‘lgan. Hazrati Umar R.A davrida (636-yil) Masjidni qayta qurush boshlangan. Umar R.A davrida Quddus fath etilgan edi. Payg'ambarimiz Aqsodan merojga ko'tarilgan edilar.

1119-yili Salibchilar tomonidan Quddus egallandi va masjid ot xonaga aylantirildi bu 1187-yilda Salohiddin Ayyubiy Quddusni ikkinchi marotaba fatih qildi. Masjid Al Aqsoni qayta tikladi. Usmonlilar Quddusni 1516 yildan 1918 yilgacha boshqargan. Usmonlilar boshqaruvi davrida Quddusning mavjud ahamiyati yanada ortdi va keyingi davrlarda Quddus Istanbulga bevosita bog'liq bo'lgan gubernatorlikka aylantirildi va Quddus-i Sharif deb nomlandi.

1969-yilda Masjid Al Aqso yoqib yuborildi. Uni tiklashda qirol Faysal bin Saud o‘z zimmasiga oldi va Turk ustalar tomonidan tamirlandi.

Al-Aqso masjidi rasman Iordaniya Vaqflar vazirligi tasarrufida. Ammo Isroil davlati Quddusni anneksiya qilganini da'vo qilgani uchun samarali boshqaruv Isroil davlat hokimiyati tomonidan amalga oshiriladi. 2009 yilning oktyabr oyidan beri Isroil Al-Aqso masjidiga kirishni to‘sib qo‘ygan. Isroil davlati vakolatiga ko'ra, musulmon bo'lmaganlarning (musulmon bo'lmaganlarning) kirishiga ruxsat berilmaydi. Bu taqiq hali ham davom etmoqda...

Telegram kanalimiz. 👉🏻 https://t.me/Turakurgoniy

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group