Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Xayrli kun, azizlarim.
Bizlarni hamon yashattirib, har tongda uyg'otayotgan Robbimizga hamd, qisqagina umrida bashariyatga tatigulik ibratli hayot yo'lini yashab o'tishi iroda qilingan payg'ambarimiz Muhammadga salom va salovatlar bo'lsin.
Olayotgan nafaslarimiz, uyg'onadigan kunlarimiz, yurak urishlarimiz soni tobora kamayib borayotganini his qilib, umrimizning qolgan qismini qodir bo'lganimizcha, yashab o'tgan hayotimizni tahlil qilish, gunohlarimizga tavba qilish, yaxshiliklarni ko'paytirish bilan o'tkazishga O'zi muvaffaq qilsin.
Kimdir o'zining nazarida nohaqlik va zulm ostida yashayotgan, tavba-yu, yaxshiliklar qilish ko'ngliga sig'mayotgan bo'lishi mumkin.
Rumiydan shu mazmundagi, vaqtida menga yaxshigina dalda bo'lgan hikmatni o'qigandim:
Kimdir sizga ozor yetkazyaptimi, bunga go'zal sabr qiling. O'sha ozor beruvchi sizdagi kirlarni (gunohlarni) artib tozalaydigan bir latta kabidir. Qo'yib bering, yaxshilab sizni kirlardan tozalasin.
Ozor beruvchilarga nafrat bilan emas, sizni gunohlardan poklab turadigan bir tozalovchi sifatida qarasangiz, uning ozorlariga sabr qilish biroz yengillasharkan.
Boshlangan kunimiz tafakkur va tavba qilishlik bilan O'ziga yaqinlashtiruvchi xayrli bir kun bo'lsin.

@tarbiyachi_blog