Татарчага аудару мөмкин түгел.

Xudbinlik

Bir kuni o'quvchilarga (2-sinf) xudbinlik haqida tushuncha berishimga to'g'ri keldi.

Ularning anglash imkoniyati doirasidan kelib chiqib, biroz ma'lumot berganimdan so'ng, bir o'quvchi qiz o'z tilida shu mazmunda savol berib qoldi:

- Agar dadasi mast bo'lib, oyisiga baqirsa, bundan bolalari qo'rqsa, buyam xudbinlikmi?

- ... 🥹

Tomog'imga nimadir tiqilib qolgandek bo'ldi, qanday javob berishni ham bilmay qoldim.

- Ha, bu xudbinlik!

- Oila farovonligiga mas'ul qilingan otalarning o'z kayf-u safosini birinchi o'ringa qo'yishi - xudbinlik!

- Ota-onalarning xumordan chiqqunlaricha bolalari ko'z o'ngida janjallashishi - xudbinlik!

- O'zi charchab turibman, boshqa xonaga chiqib o'yna, deb bolasini o'zidan nari qilishi - xudbinlik!

- Shovqin qilmay o'yna, serialimni ko'rganday qilmayapsan, deb toqatidan tashqari narsani talab qilishlik - xudbinlik!

Bolalarcha xatolari uchun boshqalardan ololmay qolgan alamlarini ham qo'shib bolasidan olishi - xudbinlik...

Qani shularni ayta olsang, o'sha o'quvchi qizaloqqa 😢

@tarbiyachi_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group