Har bir bo'layotgan ishlar ikki sabab ila vujudga keladi.
1.Asliy sabab.
2.Tayin qilingan sabab.
Asliy sabab Allohning xohishi. Asliy sabab deganda Allohning irodasi tushuniladi.
Paydo bo'layotgan hamma narsa, bo'layotgan hamma narsa Allohning irodasi ila vujudga keladi.
Tayin qilib o'rnatilgan sabab deyilganda, narsalarning paydo bo'lishi uchun tayin qilib o'rnatilgan sabablar tushuniladi.
Yomg'ir ko'katni o'sishiga sabab, olov qog'ozning kuyib yo'q bo'lib ketishiga sabab.
Olov kuydirmaydi qog'ozni agar Alloh xohlamasa. Suv o'stirmaydi ko'katni, agar
Alloh xohlamasa.
Alloh taoloning xohishi bo'layotgan hamma narsalarni vujudga keltiradi. Mana shu haqiqatlarni anglash uchun gohida Alloh sababni bekor qilib qo'yadi.
Ibrohim alayhissalomni kuydirishlik uchun qavmi juda ham katta gulhanni yoqdi, o'tga tashlashdi. Odamlarning o'lchovi bo'yicha Ibrohim alayhissalom kuyib kul bo'lib ketishi kerak edi. Bandalar o'zlariga tegishli tayin qilingan sababni qilishdi, lekin asliy sabab
Alloh xohlamagandi, o't kuydirmadi.
Yunus alayhissalomni suvga irg'itishdi. Insonlar uni o'lishi uchun sababni qilishdi, suvga tashlashdi. Baliq yutib olib kirib ketdi. Va 40kun ham tirik qoldi. Havo yo'q, ovqat yo'q, yorug'lik yo'q. Bular insonning o'lishiga tayin qilingan sabablar edi. Insonlar tayin qilingan sababni qilishdi, lekin asliy sabab xohlamaganida Yunus alayhissalom 40 kundan keyin ham tirik chiqdi.
Asliy sabab Allohning xohishi, tayin qilingan sabab insonlar qiladigan sabablar. Agar biz bizga tegishli bo'lgan sabablarni zo'r qilsagu, agar Alloh xohlamagan bo'lsa, bu ish bo'lmaydi.
Endi Alloh xohlamasa bo'lmaydi, deb hech nima qilmaslik kerakmi ? Yo'q, siz tayin qilingan sababni qilasiz. Hech qaysi ish Allohning xohishidan tashqarida bo'lmaydi.
Alloh taolo bandalarini gunoh ish qilishini bildi. Gunoh qilishini yozdi, gunoh qilindi. Alloh yozgani uchun qilgan bo'lib qolmaydimi ?
Javob shunday bo'ladiki:
Alloh taolo bizga qilma degan amallarni qilmasak itoat bo'ladi. Lekin, qilma deganlarni qilsak gunoh bo'ladi.
Sening boy yoki kambag'al bo'lishing Allohning xohishi. Sen faqat mehnat qilasan. Agar hamma mehnat qilib boy bo'lishi kerak bo'lganda, kambag'al qolmasligi kerak edi. Hamma boy bo'lishi kerak edi.
Allohning iroda sifati haqida to'g'ri tasavvurga ega bo'lgan odam:
1.Qilgan gunohini taqdirga to'nkamaydi.
2.Alloh tomonidan biror in'om berilgan bo'lsa haddidan oshmaydi.
3.Boshiga musibat tushsa yengil sanaydi.
"Bundanda katta musibat ham bo'lishi mumkin edi", degan fikrda bo'ladi.
Demak shunday bo'lishini Alloh xohlabdi, deydi. Alloh taoloning iroda sifatini to'g'ri qabul qila olsak, juda ko'p savollarni javobini topamiz. Juda ko'p musibatlarning oldini olamiz.
Iroda sifati haqida to'g'ri e'tiqodda bo'lgan kishi biror bir ibodatni bajarsa bu ish Allohning irodasiga ko'ra amalga oshdi, deb xursand bo'ladi va har bir amalida Robbisiga hamd aytib turadi.
Manbaasiz olinmasin !!!