Translation is not possible.

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Hazrat Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamga o‘n yil xizmat qildim, U zot sollallohu alayhi vassallam menga hech qachon biror narsa qilgan bo‘lsam, buni nimaga qilding, demadilar va qilmagan bo‘lsam, nimaga qilmading, demadilar. Va aytdilar:"Ey Anas! Men senga bir vasiyat qilurman, yodingda tutgin. Tungi namozni ko‘paytir, shunda seni saqlaguvchi farishtalar yaxshi ko‘radilar. Agar ahlingga kirsang, ularga salom ber, shunda Alloh sening barakotingni ziyoda qiladi. Tahorat bilan yotishga qodir bo‘lsang, doim shuni odat qil, agar tahoratli holda o‘lsang, shahid ketasan. Agar ko‘chaga chiqadigan bo‘lsang, senga yoliqqan kishiga birinchi bo‘lib salom ber, shunda Alloh yaxshiligingni ziyoda qiladi.

Doimo musulmonlarning kattalarini hurmat, kichiklarini izzat qil. Shunday qilsang, men bilan jannatda bu ikkoviga o‘xshash bo‘lasan", deb muborak o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar. So‘ng:" Bilginki, ey Anas, Alloh bandasidan bir luqma sababli rozi bo‘ladi, agar banda o‘sha luqmani yeb Allohga hamd aytsa", dedilar.

"Durratun nosihiyn"

Usmon ibn Hasan ibn Ahmad Shokir Xuvayriy

Send as a message
Share on my page
Share in the group