1 ай Тәрҗемәсе
Татарчага аудару мөмкин түгел.

Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir hojat bilan huzurimga kirdilar, men esa namoz oʻqiyotgan edim. (Shu sababli) u zotni biroz kuttirib qoʻydim. Shunda u zot:

— Ey Oisha, purmaʼno, umumiy duolarni lozim tutgin! - dedilar.

Namozdan forigʻ boʻlgach:

— Yo Rasululloh, purmaʼno, umumiy duolar nima? - dedim. U zot:

— Shunday deb aytgin, - dedilar-da, (bir duoni oʻrgatdilar):

«Ey Alloh, men Sendan oʻzim bilgan-bilmagan, hozirdagi va kelajakdagi barcha yaxshiliklarni soʻrayman. Sendan oʻzim bilgan-bilmagan, hozirdagi va kelajakdagi barcha yomonliklardan panoh berishingni soʻrayman. Sendan jannatni va unga yaqinlashtiradigan soʻz va amallarni soʻrayman. Doʻzaxdan va unga yaqinlashtiradigan soʻz va amallardan panoh berishingni soʻrayman. Sendan bandang va paygʻambaring Muhammad sollallohu alayhi vasallam soʻragan narsalarni soʻrayman. Bandang va paygʻambaring Muhammad sollallohu alayhi vasallam panoh soʻragan narsalardan panoh berishingni soʻrayman. Menga taqdir qilganing — ishlar oqibatini men uchun xayrli qilgin».

(Buxoriy rivoyati, "Adabul mufrad", 639)

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group