Translation is not possible.

Alvido, ey mohi rahmat!

Alvido, ey mohi rahmat, shahri g'ufron, alvido,

Aylading azmi safar, bo'lduk parishon, alvido,

Avf qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido,

Boisi savmu salotu, xatmi Qur'on, alvido,

Alvido, ey rahmati

Haq, mohi tobon alvido.

Bir necha kun xoni ehsoningga hojatmand eduk,

Ham salotu xatmi Qur'oning bilan xursand eduk,

Band edi iblislar, mehringla shakkarxand eduk,

San ato ma'nidakim, bizlar sanga farzand eduk,

Tifl yanglig' aylading bizlarni giryon alvido. Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,

Hamdu lillah, bizga bo'lding hosi merosi Rasul,

Kelganingda shod etib ketgoningda qilding malul,

Gar ato azmi safar qilsa qolur yig'lab o'g'ul,

Tez kel qaytub bizi qil shodu xandon, alvido.

Shomdin ilgori amr aylar malaklarga G'afur,

Bir qarang bandamga oldinda taom, obi tahur,

Bim etib mandin emaykim intizori shom erur,

Ham taomu obin ustiga to'kunglar pok nur,

Afv qildim, qancha qilgan bo'lsa isyon, alvido.

Hurmatingdin g'arqu nur erdi bu jismu jonimiz,

Ravshan erdi xatmi Qur'oning bilan imonimiz,

Hasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,

Alvido, ey rahmati Haq, ko'b erur nuqsonimiz,

Jurmu isyonimni qil Haq so'rsa pinhon, alvido.

Kim sani boringda behad erdi ehsonu savob,

Emdi hush ket, to keluncha bo'ldi ahvolim harob,

Kim sani e'zoz etar, jannat egosi behisob,

Xatm qildim arzimi, vallohu a'lam bissavob,

Mashrabingdin rozi bo'l, ey yaxshi mehmon, alvido.

Hazrat Boborahim Mashrab.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group