Translation is not possible.

Aks sado...

- Dadasi, men bozorga chiqib kelay, uyda non qolmabdi...

- Mayli boraqol! Eshik ortidan yopilganini eshitiboq tanish raqamlarni terdi: 📞- Jonim, sizni sogʻinib ketdimku, yaxshimisiz... haaa xotinimmi, bozorga ketdi, bemalol gapiravering... Shu payt eshik jiringladi.

- Iyee eshik jiringladiku, xotinim qaytgan koʻrinadi. Mayli, yana gaplashamiz. Goʻshakni qoʻyarkan ensasi qotdi: «Darrov qaytganinichi, bundoq bozor aylanay demaydi»... Eshikni ochsa ostonada qoʻlida katta sumka, koʻzida yosh bilan singlisi turar edi:

- Tinchlikmi-soʻradi u.

- Aka, kuyovingizning ikkinchi oilasi bor ekan...

✍🏻 Dilrabo Jumayeva

•┈•┈•┈•✿•┈•┈•┈•

Eri ayolini xafa qilib, yig'latdi. Ayol qarasa, eri qizini erkalatib, u bilan o'ynashyabdi.

– Biror kishi qizingizni yig'latsa rozi bo'lasizmi? So'radi ayoli.

– Yo'q, albatta. U meni qizim.

– Meni ham yaxshi ko'radigan otam bor, - dedi... Er yerga qarab, chuqur hoʻrsindi...

Birovni bolasiga zulm qila ko'rmang, uni  ham koʻz qorachigʻidek asrab oʻstirganlar bor..!

Ummah: Qissalar Hikoyalar

telegram.me/Hikoyalar_qissalar

Send as a message
Share on my page
Share in the group