Translation is not possible.

6.Toatni go'yo ne'mat deb biladi va toatdan lazzatlanadi.

Uni og'ir sanamaydi. Undan toatni mashaqqati tez soqit bo'ladi.

Namoz vaqti bo'lganda kayfiyatsiz qabul qilmaydi. Namozlarni xuddi ne'matdek qabul qiladi. Masalan, sizga hadya berilganda xursand bo'lganingiz kabi, yangi mashina sotib olganingizda xursand bo'lganingiz kabi.

7.Alloh taoloning hamma bandalariga rahmatli va rahmli, ularga mushriq bo'ladi.

Xatto ular gunohkor bo'lsa ham. Ammo, Alloh taoloning dushmanlariga

shiddatli bo'ladi.

8.Allohga muhabbati bo'lish bilan birgalikda xavfda bo'ladi.

Allohdan qo'rqib turadi. Alloh taoloning buyukligini idrok qilishlik bilan, unda  xavfni vojib qiladi. Xuddi jamolini idrok qilgani, unda muhabbatni paydo qilganidek. Azamatini idrok qilgani, unda xavf paydo qiladi.

9.Alloh taologa bo'lgan muhabbatini yashiradi.

Boshqalarga "Men Allohni sevaman, payg'ambarimni sevaman" deya da'vo qilmaydi. Da'vodan uzoqda bo'ladi. U Alloh taologa bo'lgan muhabbatini boshqalarga bildirib qo'yishlikdan extiyot bo'ladi.

Alloh taologa nisbatan sevgini Allohning o'zi bilsa kifoya.

10.Alloh bilan unslanadi va undan rozi bo'ladi.

Alloh taolo bilan unslanishlikning alomati: xalq bilan unslanishlik unda bo'lmaganligidir.

Manbaasiz olinmasin !!!

https://t.me/adibatunn

Telegram: Contact @adibatunn

Telegram: Contact @adibatunn

Olimu boamal bol Manbaasiz olingan har bir postga rozi emasman @Adibatunnbot
Send as a message
Share on my page
Share in the group