Translation is not possible.

SEVGAN SEVGANIGA ITOAT QILADI.

1.Insonda Allohga muhabbat bo'lsa, muhabbat qilganiga yo'liqishni sevadi.

Muhabbat qilganga ko'rishni sevadi. Qalb bir narsani sevishligini tasavvur qilib bo'lmaydi, qachonki u ko'rmoqlikni, yo'liqmoqlikni istamaguncha. Agar bilsaki sevganiga bu dunyodan ketishlik bilan, o'lim bilan yetishishlik mumkin bo'lsa. Demak u (banda) o'limni sevuvchi bo'lishi kerak, qo'rquvchi emas. Chunki o'lim yo'liqishning kaliti hisoblanadi.

Muhammad

ﷺ :"Kim Alloh taologa uchrashuvni sevsa, Alloh taologa uchrashishni sevadi"

(ya'ni kim Alloh taolo bilan uchrashishni sevadigan bo'lsa, U bilan uchrashuvni sevadi. Uchrashuv qachon bo'ladi ? O'limdan keyin bo'ladi...)

Imom Buxoriy va Imom Muslim o'zlarning sahihlarida keltirgan.

Shuning uchun ham sahobalar Alloh yo'lida shahid ketishlikni sevishgan. "Alloh taologa yo'liqishga marhabo" deyishgan.

2.O'zini zohiriga, botiniga sevadigan narsalardan, Alloh taoloni sevadigan narsalarni afzal ko'rmoqligi.

Masalan toatni lozim tutish. Chunki Alloh taolo toatni lozim tutishimizni  sevadi. Biz esa yahshi kiyinishni, yahshi yeb-ichishni sevamiz. Va bunga keragidan ko'proq etibor beramiz. Natijada toatdan uzoqda bo'lamiz.

Kim Alloh taoloni sevsa unga gunoh qilmaydi.

Ibn Muborak r.a. quyidagilarni aytganlar:

Agar sen muhabbatingda rost bo'lganingda edi, Unga itoat etgan bo'larding. Chunki sevgan sevganiga itoatkor bo'ladi.

Albatta, barchamiz  gunohkormiz. Bunda gunohda bardavom bo'lmaslik va bilib turib gunoh ishlarni qilmaslik ko'zda tutilgan. Bila turib gunohda bardavom bo'lsa u yolg'onchi hisoblanadi.

Sevgini da'vo qilgan odam gunohdan uzoqda bo'ladi va gunoh qilgan zahoti, tezda Allohga tavba qiladi.

Alloh taologa toat va uning muhabbati  Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga so'zda, amalda va ahloqda ergashishlikni taqazo qiladi.

3.Kim Alloh taoloni sevsa, Alloh taoloni zikrini ko'p qiladi.

Bundan tili charchamaydi. Bundan qalbi hech qachon holi bo'lmaydi. Doimo qalbi Alloh taoloni zikri bilan mashg'ul bo'ladi.

4.Bandani unsi

(halovati)

Alloh taolo bilan hilvatda bo'ladi.

Alloh taoloni muhabbatida bo'lgan insonning unsi Allohning hilvatida, uning munojotida bo'ladi. Tahajjudda bardavom bo'ladi. Tunning osudaligini g'animat biladi. Vaqtning sofligini g'animat biladi.

Muhabbatning darajalarining eng kami habib bilan hilvatda qolishlik bilan lazzat topishdir. Va unga munojot qilishdan ne'matlanishdir.

5.Bir ish bitmay qoldi, bir odamidan ayrilib qoldi. Bu narsalar Alloh taolodan boshqa narsa bo'lgani uchun, ularga taassuf etmasligi Alloh taologa bo'lgan muhabbatdan dalolat qiladi.

(To'g'ri yaqinidan ayrilsa ko'ngli og'riydi, lekin hayoti butunlay izdan chiqib ketmaydi.)

Alloh taoloning zikri, toatidan holi bo'lgan har bir vaqti uchun taassufi juda ulkan bo'ladi. G'aflatlarini Allohga tez qaytishlik va  tavba bilan o'rnini to'ldiradi.

Davomi 👇

Send as a message
Share on my page
Share in the group