Translation is not possible.

Ko'rdim, bildim va ishonadimki ...

Yo'l Sengadir. Parvardigor! Ketish Senga, borish Senga. Bilaman, tikanli yo'ldir bu. Yiqilish ham bor, qoqilish ham. Tuzoqlarga to'ladir Senga boradigan bu yo'l. Bu yo'ldan bir amallab o'tiladi, bilaman. Sening Hidoyatning, Sening marhamating yuritishi mumkin faqat. Yolvoraman, tut qo'llarimizdan. Ovchining jozibador ko'ringan tuzog'iga tushirma bizni. Xato qilib, tushsak ham, Sen bizni u yerda qoldirma.

Ko'rdim, bildim va ishonadimki, Sening rahmating bo'lmasa, hech bir banda baxtga erisha olmaydi.

Bizni baxtga erishganlardan qil.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group