Translation is not possible.

Avvalgilarning bir gapi bo’lar edi: “Bir tirraqi buzoq podani bulg’aydi”

Krokusda bo’lgan voqeaga shu so’zlar to’g’ri kelarkan. 3-4 tojikni deb, butun boshli tojik xalqi aziyat chekmoqda, yomonga chiqmoqda, dushmanga aylanmoqda. Holatning ikkinchi tarafiga hech kim e’tibor bermayabdi, aslida terakt sodir qilganlar tojikmidi? Balki bu shunchaki vaziyatdan chiqish uchun qilingan hiyladir? Ba’zi manbalarga ko’ra jinoyatchilar Rossiyani tark etib ulgurgan va ozodlikda ekan. Nima bo’lsa ham, bu voqea sabab bir millat boshqa bir millatga dushman bo’lib qolmoqda. Bu yaxshi ish emas. Bugun tojiklar boshiga tushgan bu musibat ertaga boshqa millatlar boshiga tushmasligiga kim kafolat beradi. Teraktga javobgarlikni ISHID bo’yniga olibdi degan xabar tarqaldi, bu nima uchun qilindi, dinni, islomni yomon ko’rsatish uchunmi? Bu kimning ishi? Alloh bilguvchi! Fitnaga aldanib qolmaylik, undan uzoqda bo’laylik!

Send as a message
Share on my page
Share in the group