MILLIY BOYLIK...
Bizni haligacha bir o'simlikka katta muhabbat bilan tarbiyalab kelishmoqda. Milliy boyligimiz, oq oltinimiz deb bir oddiy o'simlikni e'zozlab keldik. Nega biz paxtani bunchalik e'zozlaymiz. Sababi bizning diyorimiz SSSR davrida paxta dalasi edi. Xalqimiz esa paxtakor dehqonlar... Mustaqillika erishib yillar davomida o'rganib qolgan ishimiz, tibbiyot tilida aytsak refleks bo'lib qolgan ishimiz paxta va paxtakorlikni me'ros qilib oldik. Bu bilan paxtaga antisimpatiya uyg'otmoqchi emasman. Paxta bu yengil sanoatning asosiy xomashyosidir. Lekin butun boshli taraqqiyotni shu yengil mahsulotga bog'lab qo'yish mantiqsizlikdir...
Boylik nima o'zi? Milliy boylikchi?...
21-asr o'zbek o'quvchisidan milliy boylik nima deb so'ralsa, "-Paxta, oq oltnimiz", deb javob beradi. Maktabda o'zbek o'quvchilarining miyasiga huddi benzindek quyishgan. Tavba, ba'zi maqollar ham chiqarilgan paxtaga atab...
21-asr yapon o'quvchisidan milliy boylik nima deb so'ralsa, "Ta'lim va texnologiya, undan ham azizi bor, bu men ya'ni yapon fuqarosi", deb javob qaytaradi.
Qanaqa qilib bir o'simlikka shunchalik tobe bo'lib qoldik-a?
O'zbek ko'zi changga to'lib, barmog'iga paxtaning chanog'i kirib tergan paxtasini yaponlar arzon garovga sotib oladi. Zamonaviy texnologiyalari orqali qayta ishlab o'zbek paxtasidan 10-20 baravar sifatli qilib chiqaradi va dunyo bozoriga katta narxlarda eksport qiladi. Mening nazarimda, biror yapon xalqi umrida paxta o'simligini ko'rmagan. Nari borsa biologiya darsligida o'qigan.
Savollar ko'p, boshimiz esa qotgan...
O'simlikning hosili yoki qazilma boyliklarga tobe bo'lib dunyoga real mahsulot sotib boyish eskirdi allaqachon. Neft- qora oltin, paxta - oq oltin, tabiiy gaz - uchuvchan oltin, oltin - sariq oltin... Yig'ishtirish kerak endi bu bolalar bog'chasini...
Yonimizdagi Xitoy dunyoga ichki yonuv divigitelisiz harakatlanadigan, na benzinga na gazga qaram bo'lmagan elektromobillar orqali dunyo bozorini egallashni maqsad qilgan. Sababi bu davlat neftga ham gazga ham qaram bo'lib qolishni xohlamayapdi.
Dunyo transport sanoati kelajakda qazilma energetika batamom tugashini his etgan holda yangi muboqil energiya manbalarini kashf qilish bilan ovora.
Bizning xalq esa metanga navbatda, benzin qimmatlashishidan stressda...
Olimman deb ko'ksini kerib yurgan akademik, professor, fan doktorlari qani??
Olimman deb leksiyama leksiya galstuk taqib, keraksiz safsatalar bilan talabalar boshini og'ritishdan nariga o'tishmaydi. Fizik, kimyogar, texnolog, energetik olimlar qani? Senlarga berilayotgan xalqni puli bo'lgan davlat byudjetidan falon-falon summa oyliklar qayoqqa ketayapdi? Glastuk taqib olimman deb maqtanishlaringga to'lanmayapdi. Naryoqda bir yapon talaba nimadir kashf etayapdi, senlar olim bo'lib nima qilayapsanlar? Hech bo'lmasa talabaga erkinlik ber... Talaba bilan ustoz-shogird munosabatini o'rnat... Talabalarga akademik erkinlik ber... "NB" qo'yasanlar, semesterda bir-birlaringga dushman bo'lasanlar, o'rtaga amerikani kalini tiqishtirasanlar, oxiri yurtni xarob qilasanlar... Qani milliy boylik? Shumidi milliy boylik??
Milliy boylikni matox bilan o'chaydigan davlatlarda korrupsiya avjiga chiqqan bo'ladi. Rossiya uchun neft va gaz, biz uchun paxta, g'alla, agrar soha boylik... Inson aql-zakovati, taraqqiyot manbayi sifatida dunyoga nima bera olamiz? Hech nima!!!
Ta'lim va texnologiyani o'ziga boylik qilgan davlatda xalq ham ilmli, aql-zakovatli bo'ladi... Bunaqa davlatlarni o'zlaringiz sanab olaverasizlar...
XULOSA: Ey inson, sen 21-asrdasan, balki 22-asrda...
Ota-ona bo'lsang boringni berib bo'lsa ham farzandingga ta'lim ber...
Farzand bo'lsang, ham ota-onangni ham shu yurtni farzandi bo'lsang, uxlama, uyg'on! Ta'lim ol, zamonani madaniyatini emas, tilini va taraqqiyotini ol...
TA'LIM BIZNI QUTQARAJAK...!!!
Telegram: https://t.me/vatan_umidi
Facebook: https://www.facebook.com/sherzod.xurram
Comment has been successfully reported
The post has been successfully added to your timeline!
You have reached your limit of 100000 friends!
File size error: The file exceeds the allowed limit (9 GB) and can not be uploaded.
Your video is being processed,
We’ll let you know when it's ready to view.
It's impossible to upload the file: This file type is not supported.
We have detected adult content on the uploaded image,
therefore we have declined the uploading process.
To get a verification (tick) on the Islamic social network Umma Life, you must meet at least one of the following criteria: 1. Social network activity: Participants seeking verification must be active users of the social network. At least one useful message must be posted per day, and the message topics can be non-religious. 2. A well-known Islamic blogger or Muslim: If you are a well-known Islamic blogger or Muslim, even if your activities are not related to religious topics on the Internet, you can also apply for verification. 3. A large number of subscribers or active religious pages: If you have a lot of subscribers on social networks or you actively manage useful religious pages, this can also be a basis for getting verified. If you meet at least one of these criteria, submit an application for verification on the Islamic social network Umma Life via private message https://ummalife.com/ummalife and your account will be reviewed by the social network administration.