Translation is not possible.

"Sevimli" telekanalida "Ilk uchrashuv" nomli ko'rsatuv mavjud. Turmush qurish maqsadida kelgan yigit-qizlar o'zaro baxtini topishga harakat qilishadi. Ushbu ko'rsatuvning 65-soni boshqalaridan o'zgacharoq bo'libdi. Bu safar yapon yigit va o'zbek qiz kelishibdi.

Yapon yigitdan:

"- Nega aynan o'zbek qiziga uylanmoqchisan?", deb so'rashdi.

Yapon yigit:

"O'zbek qizlari yapon qizlardan ko'ra mehribon. Yapon qizlar huquqini talab qiladi.", deya javob qaytardi.

O'zbek qizidan so'rashdi:

"-Bo'lajak turmush o'rtog'ing qanaqa bo'lishini xohlaysan?"

Qiz javob berdi:

"- Mani bitta orzuyim bor. Moshina minish. Moshina oberishini xohlardim. Chet davlatlarga sayohat qilish", dedi.

(uzr qizning gapini shevada yozdim)

....

ENDI POSTNING ASOSIY MAZMUNI

....

Yaponiya - demokratik, iqtisodiy barqaror, o'ta kuchli fuqarolik jamiyatiga ega, to'liq raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti mavjud, ta'lim tizimi va texnologiyada yetakchi davlat.

Bu yapon yigiti Tokio universitetida o'qigan ekan. Hozirda mahalliy universitetlarimizdan birida yapon tilidan dars berib, O'zbekistonda yashashni maqsad qilib kelgan ekan. Mening fikrimcha, bu yigit Yaponiyadagi shiddatli raqobatda uzoq yashay olmagan va "musaffo yurt" O'zbekistonga qadam ranjida etgan.

Xo'sh... Nega ta'lim tizimi bo'yicha yetakchi davlatida ulg'aygan yapon yigit o'zbek qizini xohlayapdi o'zi?

Nega yapon qizi emas? Masalaning boshqa tomoni bor...

O'zbek qizi MODDIYAT istaydi,

yapon qizi esa QADRIYAT...

(Ilmsiz dur istaydi, ilmli esa nur )

Moddiyatni orzu qilganni manipulatsiya qilish ya'ni boshqarish oson.

Qadriyatni muhim ko'ruvchi shaxs esa murosa va erkinlik xohlaydi.

Mana haqiqat qayerda...

Bo'rining qarisi ham bitta qo'yga yaraydi deganlaridek Yaponiyadan yurtimizga kelib qolgan yapon ham bir o'zbekni eplaydi.

Yapon yigiti o'zbek qizining mehribonchiligiga qanchalik qiziqqan, bilmadim. Ammo ta'lim va dunyoqarashda orqada umr yo'ldoshni boshqarish juda oson.

Kun chiqar yurt ta'limining havosidan bexabar xalqimiz esa ko'rsatuvda o'zbek qizining mehribonligini maqtagan yaponni qarsaklar bilan olqishlab o'tiribdi.

Ex, soddalar, soddalar...

O'zbekka do'st bo'lay desang ikki marta maqta... (degan gap bormi yoki yo'q bilmayman, ammo bu haqiqatga yaqin afsuski)

Hammaga baxt tilaymiz...!!!

Xulosa:

Bizning xalqni faqat bitta narsa qutqaradi...

U ham bo'lsa TA'LIM...)))

Telegram: https://t.me/vatan_umidi

Facebook: https://www.facebook.com/sherzod.xurram

Send as a message
Share on my page
Share in the group