9 month Translate
Translation is not possible.

#hadis_fursati

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُرَغِّبُ فِي قِيَامِ رَمَضَانَ مِنْ غَيْرِ أَنْ يَأْمُرَهُمْ فِيهِ بِعَزِيمَةٍ، فَيَقُولُ: مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ. فَتُوُفِّيَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَالْأَمْرُ عَلَى ذَلِكَ، ثُمَّ كَانَ الْأَمْرُ عَلَى كَذَلِكَ فِي خِلَافَةِ أَبِي بَكْرٍ وَصَدْرًا مِنْ خِلَافَةِ عُمَرَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ramazon kechalarini ibodat ila bedor o‘tkazishga targ‘ib qilar, ammo qat’iy buyruq bermas edilar. Bas, u zot:

«Kim Ramazonda iymon bilan, savob umidida qoim bo‘lsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur», der edilar. Ish shundayligida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etib ketdilar. So‘ngra Abu Bakrning xalifaligida va Umarning xalifaligi boshida ham ish shunday edi».

Beshovlari rivoyat qilganlar.

Manba: "Hadis va Hayot" kitobi

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

#hadis_fursati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh ﷺ shunday deganlar: «Ro‘za (do‘zax o‘tidan asrovchi) qalqondir. Ro‘za tutgan kishi yomon so‘zlar aytmasin, qo‘pollik qilmasin. Biror kishi u bilan urishsa yoki haqorat qilsa, ikki marta «Men ro‘zadorman», desin. Allohga qasamki, ro‘zador og‘zining hidi Allohning nazdida mushk hididan ham xushbo‘yroqdir. Alloh taolo: «Ro‘zador Meni deb yemaydi, ichmaydi, shahvatini tark qiladi. Ro‘za xolis Men uchundir, uning savobini O‘zim beraman. Har bir yaxshilikka esa o‘n barobar yaxshilik bordir», degan».

Buxoriy rivoyat qilgan.

Manba: «Mo‘minning qalqoni» kitobi

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

#hadis_fursati    Abu Hurayra roziyallohu anhudan .. | FURSAT.UZ
ummalife.com

#hadis_fursati Abu Hurayra roziyallohu anhudan .. | FURSAT.UZ

#hadis_fursati Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 📗«Rasululloh ﷺ: «Qanchadan-qancha ro‘zadorlar borki, ularning ro‘zasi ochlikdan boshq
Send as a message
Share on my page
Share in the group