9 month Translate
Translation is not possible.

#hadis_fursati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh ﷺ shunday deganlar: «Ro‘za (do‘zax o‘tidan asrovchi) qalqondir. Ro‘za tutgan kishi yomon so‘zlar aytmasin, qo‘pollik qilmasin. Biror kishi u bilan urishsa yoki haqorat qilsa, ikki marta «Men ro‘zadorman», desin. Allohga qasamki, ro‘zador og‘zining hidi Allohning nazdida mushk hididan ham xushbo‘yroqdir. Alloh taolo: «Ro‘zador Meni deb yemaydi, ichmaydi, shahvatini tark qiladi. Ro‘za xolis Men uchundir, uning savobini O‘zim beraman. Har bir yaxshilikka esa o‘n barobar yaxshilik bordir», degan».

Buxoriy rivoyat qilgan.

Manba: «Mo‘minning qalqoni» kitobi

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

#hadis_fursati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

📗«Rasululloh ﷺ: «Qanchadan-qancha ro‘zadorlar borki, ularning ro‘zasi ochlikdan boshqa narsa emas. Qanchadan-qancha namozxonlar borki, ularning namozdan topadiganlari uyqusizlikdan qiynalish, xolos», deganlar».

✍️ Ibn Moja, Ahmad rivoyat qilishgan.

Manba: "Mo‘minning qalqoni" kitobi

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

Send as a message
Share on my page
Share in the group