Translation is not possible.

Dunyo ulamolari Hazratimiz haqlarida

Bundan 6 yil avval vatanimizning faxri barchamizga o’rnak bo’lgan ustozimiz Shayx hazratlari vafot qildilar.

U kishi xalqimiz uchun qanchalik qadrli bo’lgan bo’lsalar, Islom olami va dunyo ulamolari uchun ham huddi shunday qadrga ega edilar. Dunyo ulamolari bilan uchrashganimga albatta Hazratni eslashadi. “O’zbek xalqi uchun bugunning Buxoriysi”, edi deyishadi.

Sizlarga buyuk va mashhur ulamolarning Hazratim haqlaridagi ba’zi e’tiroflarni aytib o’tsam:

Alloma Muhammad Avvoma:

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf vataningizning haqiqiy Shayxul-Islomidir”.

Dunyo ulamolar hamjamiyati bosh kotibi Shayx Ali Qoradog’i:

“Shayx Hazratlari bir o’zlari butun MDH uchun yetarli darajada faol va fidokor olim edilar. U kishidan keyin u kishining o’rnini to’ldiradigan olim topa olmadik. Biz u kishiga juda muhtoj bo’lganimizda vafot qildilar”.

Siyrat va tasavvuf olimi Shayx Usmon Nuriy To’pbosh:

“Shayx Hazratlari bilan do’stligimiz bor edi. U kishining xususiyati birgina ilm bilan kifoyalanib qolmadi. Ruhiy tarbiyaga alohida e’tibor berdi. Bugungi kunimizda Islom olami aynan shayx hazratlaridek olimlarda muhtoj”.

Shayxul-Islom Muftiy Taqiy Usmoniy:

“Shayx hazratlarining xizmatlarini yaqindan tanigach hayron qoldim. Juda barakotli xizmat qilgan ekanlar”.

Turkiya ulamolar hamjamiyati bosh kotibi Shayx Umar Faruq:

“Shayx hazratlari bilan 1990 yili boshlarida tanishgan edim. Hayotimda juda katta iz qoldirgan edilar. U kishi o’zbeklarning emas, butun Islom dunyosining faxri edi”.

Hindiston muhaddislari raisi Shayx Ne’matulloh A’zamiy:

“Shayx Muhammad Sodiq hazratlari Hindiston imomi shayx Qosim Nonutviy kabi edilar. Bu ikki olim uzun umr ko’rmagan bo’lsalar ham, o’zlaridan juda katta ilmiy me’ros va ko’plab shogirdlar qoldirib ketganlar”.

Ibn Xaldun Universiteti boshqaruv hay’ati raisi Professor Doktor Irfon Gunduz:

“Shayx hazratlari menga o’z akamdek edilar. Mening hayotimda juda muhim o’ringa egadirlar. Ilmi va amali bilan dunyo ulamolari orasida ajralib turar edilar”.

Turkiya Ilmiy tadqiqotlar markazi rahbari Hidoya Erdog’an:

“Shayx Hazratlari juda-juda barakali zot bo’lgan ekanlar. Hatto

O’zbekistonning eng chekka joylarida ham u kishining shogirdlari yoki asarlarini uchratdim.”

Turkiya Navoiy vaqfi rahbari Dr. Oktay Chotqol:

“Shayx Hazratlarining ikki xususiyatlarini barchaga ibrat sifatida tavsiya qilaman: vatannini sevgan va har qanday holatda ham ilmga xizmat qilgan zot edilar. Hijratda bo’lishlariga qaramasdan, ilmiy faoliyatlarini aslo to’xtatmagan edilar.“

Bundan tashqari juda ham ko’plab dunyo ulamolarining Hazratim haqlaridagi e’tiroflarini aytib o’tdim. E’tiroflari esa daryodan tomchi sifatidadir.

So’ngi so’z.

Mashhur olimlardan birining ushbu so’zi meni juda ta’sirlantirgan edi:

“Shayx hazratlari hali ham hayotlar. Ilmiy me’roslari bilan, farzandlari va shogirdlari bilan biz bilan birgalar. Shunchaki jismoniy jihatdan bizdan ajraldilar, lekin ruhoniy jihatdan emas. Modomiyki kitoblarini o’qir, ma’ruzalarini eshitar, shogird va farzandlarida iste’foda qilar ekanmiz, Hazrat biz bilan birgadirlar”.

Alloh taolo Hazratimizni rahmat qilsin, joylarini jannatdan qilsin, u kishining ilmiy me’roslaridan iste’foda qilishni, farzandlari va shogirdlarini ehtirom qilishni barchamizga nasib qilsin.

Alloh taolo Hazratimiz kabi olimlarimizni ko’paytirsin.

Omin

© Muhammad Odil Hamid

10.03.2021

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group