Translation is not possible.

Hoʻoʻoʻp ana endi chuqur nafas olib boshlaymiz 😁.

Bilamizki kitobni muqovasidagi nom, kitob shu haqida degani emas lekin Islom Hazorasi kitobi o'z nomi bilan Islom Hazorasi haqida ekan.

Alhamdulillah, Inson islom diniga amal qilsa dunyo-yu oxiratda saodat topishiga tarix guvoh.

Oʻz davrida xatto jonivorlarga adolat va yaxshilik bilan muomila qilgan, urush boʻlsa ojiza va bolalarga tegmaslikga buyurgan:

Urushlardan birida Rasululloh dushman tomondan bir ayol o‘ldirilganini ko‘rib qoldilar. Bundan qattiq darg‘azab bo‘lib, bu ishni qoraladilar va: «Men sizlarni ayollarni o‘ldirishdan qaytarmaganmidim? Axir bu urushmagandi-ku!» dedilar.

Har jabhada vaqflar tashkil etgan: Xasta hayvonlarni davolash uchun vaqflar, qurol-yarogʻ vaqflari, oʻquvchilar uchun madrasa vaqflari va boshqa koʻplab ijtimoiy hollar uchun vaqflar tashkil etilgan.

Mulohaza qilib koʻrilsa, shunaqangi mukammalki bu din har qanday zamon va makonga toʻgʻri keladi.

Bu kitobni oʻqib bilib olgan koʻp narsalarim boʻldi, lekin shu bilan savollarim kamayishni oʻrniga aksincha yoppasiga koʻpayib ketdi 🤦‍♂

Shuni aytishsa kerakda "Bilganim sari hech nimani bilmasligimni bilyapman" deb

Maktabda "Tarixini bilmaganning kelajagi yoʻq deyishsa" quloq solmagan ekanmiz. Ha mayli hechdan koʻra ...

@ale_abd

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group