UMMA TOKEN INVESTOR

5 month Translate
Translation is not possible.

#qadamlar #mutolaa #3_kun

Kechagi kunning mutolaasi haqida aytsam:

Yosh yigitga nasihat kitobidan 60 bet va Alvido vatan audio kitobidan 30 minut 1/11 qismi yaʼni, tugallandi.

Aslida aytsam hammasi dabdurustdan boshlandi. Hech qanday rejalar qaysi kitoblarni oʻqish, qay tartibda, kuniga necha betdan. Yoʻq shunchaki boshlandi va sekin asta rejaga tushib olyapti.

Yosh yigitga nasihat kitobida 9-faslga kelgandim. Nega yoshlarni aynib ketishi(zino, OITS, kashandalik) kelib chiqishi va zararlari haqida chuqur yoritilgan.

Alvido vatan audio kitobini esa yuki ancha ogʻir chiqdi, shunchaki bir kitobni audiosini eshitmoqchi edimki boshlashim bilan 31-yillarning zulmlariyu-nohaqliklariga tushib qolgandek boʻldim. Azam Hoshimiyning kechilmalari, oʻz shaxridan chiqib ketishiga boʻlgan sabablar va Onasining matonati...

Ha \"Oʻtmishini bilmaganning kelajagi yoʻq\".

t.me/ale_abd

Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 month Translate
Translation is not possible.

#qadamlar #mutolaa #2_kun

2-kun

1-kun qani dersiz 😁, aslida kechadan boshlaganman va bugundan qoʻyilgan qadamlar haqida yozyapman.

Kecha oʻzimni \"Yosh yigitga nasihat\" kitobimdan 15 bet oʻqigandim.

Bugun esa turtki boʻlib tursinga 6 kitob oldim. Badiiy qisqa va kichik kitoblardan olaman deb borgan edim, uzundan-uzun tarixiy kitoblar koʻtarib keldim 🤦‍♂.

Haa, hozircha roʻyxat quyidagicha:

1) Yosh yigitga maslahat.

2) Oyoqyalang bolalar.

3) Qalbingni sohibiga taslim et.

4) Umrga tatigulik safar.

5) Kafansiz koʻmilganlar.

6) Qonli gullar vodiysi.

7) Turkiston Rossiya va Xitoy oraligʻida.

Orzularing Allohga omonat kitobini esa topolmadim (, hadya qilmoqchi boʻlganlar telefonimni bilasiz 😋.

t.me/ale_abd

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 month Translate
Translation is not possible.

Miyyani band qilib turgan narsalardan halos qildim ana endi maqsadga oʻtsam 😃

Kitob oʻqishni odatga aylantirish uchun 30 kunlik challange qilmoqchiman. Eng qizigʻini aytsam hozir hamma narsa chalkashgani turgan bir paytda(ishlar, ingliz tili, shaxsiy rivojlanish IT olamida) bu ham rivojlanishimga bir yordam aslida. Shuning uchun ham umuman dasturlashga aloqasi boʻlmagan kitoblarni roʻyxatini tuzyapman.

Ha mayli, shunchaki tavakkal qilaman buyogʻi Allohdan.

30 kun toʻxtovsiz bir ishni qilish odatga aylanadi. Shuning uchun ham birinchi odatni odatga aylantirib olishim kerak 😁.

Badiiy kitob tavsiya qilmoqchi boʻlsanglar, izohlar boʻlimi ochiq )

t.me/ale_abd

Send as a message
Share on my page
Share in the group
6 month Translate
Translation is not possible.

#mulohaza

Xoʻp deng )

Shu kunlarda oʻrganganlarimdan asosiysi xoʻp deyish yoki jim qolish(aslida aytsam yoshligimda ham shunaqa edim faqat orada toʻgʻri deb bilganlarim uchun oxirigacha kurashadigan odat chiqarib olgan ekanman).

Hozirda esa jim qolish ham bir sifat(sifat boʻlganda ham a'lo sifat :) ekanini tushunib yetyapman.

Avvallari ancha yurakka yaqin olganimdan tortishmas(sukut saqlar) edim. Hozir esa yaqin olmaganimdan, oradagi farq ham shunda.

Farq deganda faqat bu emas yana bir jihati borki, hozir vaziyatga va "odam"iga qarab ish qilyapman. Ya'ni mulohazani uqadigan insonga mulohazalarimni, nodon insonga esa sukutimni tortiq qilayapman.

Eng ajablanarlisi asablar tinch va joyida 😁.

Sinab koʻring, xoʻp deng

t.me/ale_abd

Send as a message
Share on my page
Share in the group
6 month Translate
Translation is not possible.

Agar uylanmoqchi boʻlsang erkaklarni izla!

Haqiqiy ayollar erkaklarning uyida yashaydi!

© Ayman Yogʻiy

t.me/ale_abd

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group