Translation is not possible.

БОЙКОТДА ДАВОМ ЭТАМИЗ.

Rossiya va Yevropa musulmonlari Isroil xurmosiga boykot e’lon qildi

Rossiya va Yevropadagi musulmonlar Isroil xurmolarga boykot eʼlon qildi. Bu haqda “Pravda.ru” xabar berdi.

Mazkur xurmoga talab ramazon oyida keskin ortadi. Isroil butun dunyo bo‘ylab savdo rastalarida mavjud bo‘lgan Medjoul qirollik navi xurmosining eng yirik yetkazib beruvchisidir. Boykot Malayziya musulmon iste’molchilari uyushmasi tashabbusi bilan boshlangan.

“Sizlar bunday tovarlarni xarid qilib, birodarlarimizning dushmanlariga yordam beryapsizlar”, — deydi Qozondagi “Zakabannaya” masjidi imom-xatibi Said Ja’far.

Boykot natijasida Isroil xurmosiga talab haqiqatda pasaygan. Haaretz xabariga ko‘ra, boykot qo‘rquvi sababli Isroil xurmolarni targ‘ib qilish uchun jami 550 ming dollarlik reklama kampaniyasini qoldirgan. Isroil Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, mamlakatdan xurmo eksporti qiymati 2022-yilda 338 million dollarni tashkil etgan, boshqa barcha mevalar uchun esa 432 million dollar.“Isroillik ishlab chiqaruvchilar boykot kampaniyalariga qarshi turish maqsadida ba’zi xaridorlar bilan xurmolarning kelib chiqishini chalkashtirib yuborish maqsadida o‘z mahsulotlaridagi yorliqlarni o‘zgartirish ustida ishlamoqda”, — deb xabar beradi Haaretz.

PS:õylanib qoldim Milliy Kola ham ularni yorliqni almashtirib hiyla bilan sotish hiylasimasmikin

Manba : Daryo.uz dan olimdi

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group