Translation is not possible.

Telefon detoxi📱

Gadjetlarga qaramlikdan halos bo'lish usullari:

1. Barcha kanallarni qayta sozlang.

Keraksiz sayt, pragramma, obunalardan xalos bo'ling. Telefondan keraksiz ilovalarni o'chirib tashlang, qolganlarini tartibga keltiring shunda kerakli malumotlarni qidirishga ko'p vaqt ketmaydi.

2. Chalg'imaslik uchun

Bildirishnomalar/notification ni o'chirib qo'ying, faqat qo'ng'iroq va sms uchun yoqib qo'ysangiz muhim xabarlarni o'tkazib yubormaysiz va qolgan ilovalarga ortiqcha chalg'imaysiz.

Shuningdek, Pomodora usulidan foydalaning, bu orqali malum muddat chalg'imasdan ishingizni bitirishingiz mumkin.

3. Uxlashdan 1 soat avval gadjetlardan foydalanishni to'xtating. Bu uyqimgizni yaxshilanishiga va tezda uxlab qolishizga yordam beradi.

4. Xuddi shu tartibga ovqatlanish vaqtida ham amal qiling. Ovqatlanish vaqtida telefondan foydalanmang.

5. Yuqoridagi ma'lumotlarga 21 kun amal qiling. Sizda 21 kun davomida bu doimiy odat shakliga kiradi va natijalarni 21 kundan so'ng kuzating.

Send as a message
Share on my page
Share in the group