Translation is not possible.

O'g'limga va o'g'il bola o'quvchilarimga aytganlarim

Aslida siz allaqachon, o'zingizning, oilangizning ta'minotini zimmangizga olishingiz kerak bo'lgan yoshdasiz.

Ota-onangiz bu mas'uliyatni yelkangizga yuklamayotganining birgina sababi - sizni chalg'imasdan yaxshi ilm olishingiz uchun sharoit yaratishdir.

Endi o'z holingizga qayta nazar solib ko'ring. Ota-onangizning bu fidokorliklariga yarasha harakat qilyapsizmi?

Bu tabiiy holat, hamma otalar ham farzandlariga ilm olish uchun sharoit yaratadilar, bu ularning vazifasi, deb fikrlaydigan bo'lsangiz, yanglishasiz. Chunki, qanchadan-qancha ilmga tashna yoshlar uchun otasining: ''O'qib olim bo'larmiding, kitob qorin to'yg'izarmidi, undan ko'ra ishlab pul top'', qabilidagi dashnomlari tufayli ilm dargohlari orzuligicha qolib ketyapti.

Shunday ekan, siz uchun sarflanayotgan ota-onangizning umrini, sog'ligini behudaga sarflashlik - ularga xiyonat qilish bilan barobardir.

@tarbiyachi_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group