Translation is not possible.

Metrodaman. Vagon ichida bir lo'li qiz uch ukasini qo'llariga Ramazon taqvimlarini berib, 5 ming so'mdan sotishni tayinlab, bolajonlarni har tarafga tarqatib yubordi. Eng kichigi biz tarafga keldi. Uchta taqvim sotdi va opasi uni o'pa-o'pa erkaladi. So'ng yana biz tomonga jo'natdi. Bu safar bironta taqvim sotilmadi. Ortga qaytganida opasi uni o'pich bilan emas, balki yuzga kuchli tarsaki va dakkilar bilan qarshiladi. Yuragim shuv etdi.(Lekin biron nima demadim, qilmadim. Qilolmadim.) Bolakay 2 yo 3 yoshlar chamasi. Shiringina, beg'ubor. Opasi shapaloq qo'yganda ko'zlarida qo'rquv bilan, qaltirab turardi. Hayotni U shunday tanidi. Shunday ishlar qilishga majburlandi. Bechoragina hatto taqvimning narxini ham aytolmaydi. Jajjigina qo'llari bilan besh barmog'ini ko'rsatib, narxni tushuntiryabdi. (Chunki unga ham shunday o'rgatishgan)

Yana qancha bolakaylar yoshligidan bunday horliklarni ko'rishini o'ylab, siqildim.

Falastindagi bolakaylarni ahvoli bundan ancha yomon ekanligini va men bu borada ojiz ekanimni o'ylab, siqildim. Eng achinarlisi, bolakaydan 5 ming so'mga bir dona taqvim sotib olib, boshini silab, hech yo'q yana bir bor opasidan o'pich olib, erkalashiga sababchi bo'lmadim. Bolakayning xursandchiligini zarra qadar davom etishiga qodir bo'lmadim. Hech kim unday qilmadi. ( Ikkinchi safar)

Biz ko'pik ummat bo'ldik. Men ko'pik ummatman...

Ya Alloh, ojizligimiz va kuchsizligimizdan o'zingga shikoyat qilamiz, suyanamiz. Barcha mazlumlarga o'zing najot ber, lozim ko'rsang, bizni ham bunga sababchilardan qil. Zolimlarni esa dunyo-yu oxiratda xor-u zorlikda qil.

Bizni jasur, mard rijollardan qil. Qalbimizdan dushmanga bo'lgan qo'rquvni chiqarib yubor. Albatta, O'zing Quvvat sohibi, Qodir Zotsan.

Allohumma amiyn!

Send as a message
Share on my page
Share in the group