Translation is not possible.

Erdog’an amaki, mening ismim Danya Abu Muhsin. Sionist Isroil butun oilamni o’ldirdi. Otamni, onamni, tug’ishganlarimni hammasini o’ldirdi.

Allohga shukur, portlashda o’ng oyog’imdan ayrilganimdan keyin faqat meni tirik qoldirdi. Men va oilam bilan sodir bo’lgan fojeadan juda qayg’udaman. Ularga Allohning rahmatini so’rashdan boshqa hech narsa qo’limdan kelmayapti. Bularning barchasiga qaramay, Allohga shukur aytaman.

Lekin Toyib amaki! Siz mening yagona kutganim va umidim edingiz. Sizdan umidlarim katta edi. Bizni yolg’iz qoldirmaydi, albatta bizni qo’llab-quvvatlaydi va yordamga keladi deb sizni uzoq kutdik.

Ammo afsuski, siz ham bizga yordamga kelmadingiz. Holbuki, butun G’azo ahli sizni zulm va adolatsizlikka qarshi turuvchi, nohaqlikni qabul qilmaydigan, hamma joyda mazlum musulmonlarni qo’llab-quvvatlab, yordamga oshiquvchi musulmon yetakchisi sifatida tanidi va bildi...

Toyib amaki! Amalda yonimizda bo’lmaganingiz va yordamga kelmaganingiz uchun sizdan qattiq xafaman. Robbim bilan uchrashsam, bizni umidsizlikka tushirganingiz va bizga qilingan zulmning oldini olmaganingiz uchun Unga sizni shikoyat qilaman.

Bundan tashqari, Allohning Rasuli sallollohu alayhi vasallamga ham kuchli armiyangiz borligiga qaramay, Amerika va barcha kofirlar sionist Isroilga amalda yordam bergani kabi, bizlarga yordam berish va bizni o’limdan qutqarish uchun kuchingiz va qo’shiningizni yubormaganingizni aytaman!

“Menga Allohning o’zi kifoyadir, U eng yaxshi vakildir.”

7 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group