Translation is not possible.

#premyera

Borliging nimayu, yoʻqliging nima,

Kelganing nimayu, ketganing nima.

Jimgina termulib turding nimayu,

Ishqingni ming izxor etganing nima?

Parvoying falakda parvoz qilar payt,

Boʻgʻzimgacha toʻldi gunohni jomi.

Qulogʻing qizdirib bir gap aytaman,

Isming sogʻinchimning ikkinchi nomi.

Oshiqlik biz uchun yarashmas libos,

Sevishib qoʻydikda bilmasdan nohos,

Bu uzun umrimning bir burchagidan,

Birgina koʻz tashlab oʻtganing nima?

Nomahram mahramim yaxshi qol endi,

Soʻrashmay qoʻyaylik hol axvol endi,

Boshqaga yozilgan ishq maktubinga,

Shunchaki ismimni bitganing nima?

Kelganing nimayu ketganing nima...?

Send as a message
Share on my page
Share in the group