Rossiya TIV vakili Zaharova kechagi monarxist “tarixchi” so‘zlariga izoh berib, “bu rasmiy emas, uning subyektiv (shaxsiy) fikri, buyog‘i vijdoniga havola” debdi. Oldingi safar, Prilepin tahdidi ham shunga o‘xshash gap aytishgandi.
Albatta, demokratik davlatda har bir shaxsning shaxsiy fikri bo‘lishi, u davlat pozitsiyasiga mos kelishi shart emasligi tabiiy hol. Lekin milliy, irqiy, diniy nizo qo‘zg‘ovchi bayonotlar bergani uchun javobgarlik qo‘llash ko‘plab davlatlarda mavjud.
Masalaning yana bir tomoni bor. Har bir xalq tarixining qaysidir davrini olib, uni “bu davrda senlar bo‘lmagansan” yoki “senlar toza millat emassan, aralashib ketgansan” deyish mumkin. Jumladan ruslar borasida ham.
Hozirgi Rossiya davlati o‘sib chiqqan Moskva knyazligi rus yerlarini asosan turkiy-mo‘g‘ul davlati Oltin O‘rda yordamida birlashtirgani tarixiy fakt. Oltin O‘rda Moskva knyazligiga katta ta’sir o‘tkazgan. Moskva shevasi (hozirgi rus tili) qadimgi Kiyev Rus shevasida uzoqligini ham tilshunoslar yaxshi biladi (ya’ni, hozirgi ruslar Kiyev Rus avlodiligiga da’vo qila oladimi?). Qadimgi Rusda “rus” atamasi qachon paydo bo‘lgan? Umuman, Moskva knyazligi qachon Rossiya nomini oldi? Rossiya imperatorlari etnik nemis emasmi? Ryurikovichlar (Kiyev Rus asoschisi) esa normand? Mana shunday savollarni biz ham berishimiz mumkin.
Lekin O‘zbekiston telekanallarida shunday fikrlar aytilsa, Rossiya rasmiylari “bu ularning shaxsiy fikri, mayli vijdoniga havola” deb jim turadimi? Davlat darajasida hech qanday norozilik bildirmaydimi? Albatta, juda keskin, hatto tahdidli munosabat bildiradi.
Kechagina rossiyalik jurnalist Kendalaki qozog‘istonliklar o‘z mamlakatidagi ruscha nomlarni o‘zgartirgani uchun qozoqlarni manqurtga qiyosladi. Agar Markaziy Osiyodan bunday fikrlarni eshitsa ular nima qilishini tasavvur qilish qiyin.
Har bir xalq tarixini, milliyligini hurmat qilish lozim. Boshqa xalq mavjudligini tan olmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini butun dunyo ko‘ryapti.
Pan diplomat