Translation is not possible.

Ey birodar...

Avvallari yashar edik birdam bo'lib,

Xar mushkulni birga yechib bir tan bo'lib,

Berardikku har kimsaga yordam, madad.

Ey birodar, qolmadikmi gulday so'lib.

Talabimiz faqat ilm, irfon edi,

Qirq odam bir mayizni bo'lib yerdi.

Endi-chi bir uyga sig'mas og'a-ini,

G'arib bo'lib qolmadikmi iymon o'lib.

Qalbga Qur'on joylanardi, ko'zga hayo,

Muslimalar o'rashardi hijob- ibo.

Hozirdachi tor yubkani derlar "moda",

Jannatlardan voz kechdikmi ko'zlar kulib.

Qalbim toza deb qo'yamiz o'zimizcha,

Goh "halol"ni yeb qo'yamiz o'zimizcha.

Erta bir kun jahannamga tushib qolsak,

Jasadimiz yonmaydimi o'tin bo'lib.

Farzandlarga go'zal ism, nom beramiz,

Goho fahrlanib bir ko'krak keramiz.

Ta'lim, tarbiya, ilmni bermaymizu,

Tag'in baxt kutamiz ko'zlar intiq bo'lib.

Avvallari olim edi yetakchilar,

Erkin nafas ololmasdi ermakchilar.

Endi esa ikki inson tortishadi,

Qolganlarchi kuzatishar go'yo kulib.

Behabarga din habarin bermasmidik,

Ilm izlab Hitoylardan kelmasmidik.

Hozirdachi islom qolar bir chekkada,

Din talashib o'lmadikmi tirik bo'lib.

Dastimizdan islom oldi qo'rquv nomin,

Qancha insonlar joniga bo'ldik zomin.

Umatti Muhammad deya gerdayamiz,

Axir yig'lash kerakmasmi yuzni yulib,

Musulmon, musulmon qonini to'kmoqda,

Noqobil farzand ota qaddin bukmoqda.

Yana ataymiz dinsizni kofir deya,

Asli bizlar qolmadikmi dinsiz bo'lib.

Gunoh-u masiyat bo'lar ochiq oydin,

Axir jannat yaxshiku ushbu saroydin.

E voh bilmam qay tominga ketmoqdamiz,

Yurak bo'm-bo'sh, o'zimiz ham befarq bo'lib.

© Islomxoʻjayeva Faridaxon

Send as a message
Share on my page
Share in the group