Faridaxon Islomxoʻjayeva Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Farzandlarimiz oldidagi majburiyatimiz faqatgina ularni moddiy jihatdan ta'minlash emas. Balki har tomonlama rivojlanishlari uchun zamin yaratib bera olishdir.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qachon bunchalik befarq boʻlib qoldik. Biz qachon, nimaga chalgʻidikki, farzandlarimiz oʻzlarini juda ham yolgʻiz va yomon xis qila boshladilar?

Va eng achinarlisi hali ham bu xatoni qilishda davom etayotganimizdir. Qachon faqatgina sen menga tegma, men senga tegmayman degan shiorni bas qilamiz ekana? 😢

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Hech qachon yomon bola boʻlmaydi. Yomon tarbiya boʻladi. Aslida yomon bola tarbiya qilganlarning oʻzlari yomon. XATONI OʻZIMIZ QILIB AYBNI BOLALARGA TOʻNKAMASLIK KERAK!

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ey birodar...

Avvallari yashar edik birdam bo'lib,

Xar mushkulni birga yechib bir tan bo'lib,

Berardikku har kimsaga yordam, madad.

Ey birodar, qolmadikmi gulday so'lib.

Talabimiz faqat ilm, irfon edi,

Qirq odam bir mayizni bo'lib yerdi.

Endi-chi bir uyga sig'mas og'a-ini,

G'arib bo'lib qolmadikmi iymon o'lib.

Qalbga Qur'on joylanardi, ko'zga hayo,

Muslimalar o'rashardi hijob- ibo.

Hozirdachi tor yubkani derlar "moda",

Jannatlardan voz kechdikmi ko'zlar kulib.

Qalbim toza deb qo'yamiz o'zimizcha,

Goh "halol"ni yeb qo'yamiz o'zimizcha.

Erta bir kun jahannamga tushib qolsak,

Jasadimiz yonmaydimi o'tin bo'lib.

Farzandlarga go'zal ism, nom beramiz,

Goho fahrlanib bir ko'krak keramiz.

Ta'lim, tarbiya, ilmni bermaymizu,

Tag'in baxt kutamiz ko'zlar intiq bo'lib.

Avvallari olim edi yetakchilar,

Erkin nafas ololmasdi ermakchilar.

Endi esa ikki inson tortishadi,

Qolganlarchi kuzatishar go'yo kulib.

Behabarga din habarin bermasmidik,

Ilm izlab Hitoylardan kelmasmidik.

Hozirdachi islom qolar bir chekkada,

Din talashib o'lmadikmi tirik bo'lib.

Dastimizdan islom oldi qo'rquv nomin,

Qancha insonlar joniga bo'ldik zomin.

Umatti Muhammad deya gerdayamiz,

Axir yig'lash kerakmasmi yuzni yulib,

Musulmon, musulmon qonini to'kmoqda,

Noqobil farzand ota qaddin bukmoqda.

Yana ataymiz dinsizni kofir deya,

Asli bizlar qolmadikmi dinsiz bo'lib.

Gunoh-u masiyat bo'lar ochiq oydin,

Axir jannat yaxshiku ushbu saroydin.

E voh bilmam qay tominga ketmoqdamiz,

Yurak bo'm-bo'sh, o'zimiz ham befarq bo'lib.

© Islomxoʻjayeva Faridaxon

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Nega hamma shaxsiy blog yuritishga qiziqib ketgan. Hamma namunali boʻlib qoldimi? Yoki boshqa sabab ham bormi? 🤔

Send as a message
Share on my page
Share in the group