Translation is not possible.

#tarqating!

⚠️Iltimos oʻqishga va tarqatishga aslo erinmang!

Oʻzbekiston jamiyatida bir necha yillardan buyon “Jadidlar” haqida koʻp muhokamalar, ular bilan bogʻliq yangi loyihalar, ularni eʼtirof etish toʻgʻrisida juda-juda koʻp gaplar, mulohazalar yangradi va ayni kunlarda ham bu davom etmoqda. Avlodlarimizni, uzoq va yaqin oʻtmishimizni, tarixiy qaxramonlarimizni qadrlash, nomlariri ulugʻlash bu yaxshi ish. Ammo, ayni vaqtdagi ustozlarni, ilm egalarini hurmatini joyiga qoʻymaslik, ularni eʼzozlamaslik bu eng yomon, eng gʻarib ish. Aynan bugun oʻtmishga aylangan bobolarimizri ham avvalo oʻsha davr hukumati va eng alam qilgani oʻzimizning xalq tomonidan ularni yoʻq boʻlib ketishida katta roʻl oʻynalgan!

Men bu fikrim bilan nima demoqchiman? Tahminan 11 kun avval ayni damda sogʻliklaridagi muammolar tufayli Turkiya davlatida isteʼqomad qilayotgan ustoz MubashshirAhmad domlani turk politsiyasi tomonidan nomaʼlum sabablar bilan uylaridan olib chiqib ketishgan ekan. Bu mavzu toʻgʻrisida oʻsha vaqtni oʻzida bir ikki postlar oʻqigandek boʻldik, ammo, ustozning yaqinlari, yaqin shogirdlari tomonidan bu voqeylikka munosabat bildirilgach koʻngil hotirjam boʻlgandi. Lekin, bugun aynan hafvsirashimiz, tashvishlanishimiz, bu mavzu doirasida ommaviy (miravoy) teglar orqali munosabatlar bildirishimiz uchun katta signal deb oʻylayman!

Yodingizdan koʻtarilgan boʻlsa eslatay, bir necha yillar oldin aynan shunday usul ustoz Abdukarim Mirzayev ga ham qoʻllanilgan edi. Oʻshanda barcha ijtimoiy tarmoqlar orqali faollarimiz va xalqimiz birlashib bir qator munosabatlar bergan edik. Oʻylashimcha, hozir ham biroz kech boʻlsada aynan shunday harakatlarga tezkorlik bilan oʻtishimiz shart. Gapni koʻpaytirmay, quyida ustoz Mubashshir domlaning yaqin shogirdlari, ustozlarimdan biri deb bilgan inson Muhammad Temur Aʼzamning ishonchli va dalillarga asoslangan habarlarini qoldiraman!

Ustoz Mubashshir Ahmad domlaning turk politsiyasi tomonidan olib ketilganlari haqidagi xabar bir nechta manbalar tomonidan tasdiqlangani aytilyapti.

Shu mazmundagi postlarga meni “teg” qilishyapti. Bu gaplar yolgʻon deganding-ku, qani endi javob ber deyishyapti goʻyo.

Avval boshidanoq domlani politsiya olib ketganini bilardik. Biroq bu boshida hujjat bilan bogʻliq umumiy holatdek koʻringan edi. Chunki Turkiyada chet elliklar bilan bu kabi holatlar koʻp boʻlib turadi va bunga odatiy holdek qaraladi.

Vaziyat bilan shugʻullangan advokatlar muammo katta emasligi, dam olish kunlariga toʻgʻri kelib qolgani sabab hozir qoʻyib yuborishmayotgani, 2 yoki 3-yanvar kuni qoʻyib yuborishlarini aytgani haqida xabar olgandik.

Shundan kelib chiqib vahima boʻlib ketmasin deb oldingi post yozilgandi. Ammo endi maʼlum boʻlishicha, domlaning olib ketilishi oddiy holat emas, balki xos tadbirga oʻxshayapti.

Haq taolo domlani oʻz panohida asrasin. Nohaq tuhmatga qolishdan saqlasin.

©️ MuhammadTemur Azam

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group