Translation is not possible.

Osmon qoraygan, sovuq bir fasl,

Unda ko'rinmaydi sayroqi qushlar.

Unda maqsad faqat bittadir,

Unda chiqish kerak bu yili qishdan.

Tuman barqigan tog'ning og'zidan,

Kimnidur axtarib sang'iydi bo'ron.

Suvi muzlagan soyning bo'g'zidan,

Ko'rinadi yashil, archazor o'rmon.

O‘rmon chetida kichik bir kulba,

Kulba mo'risidan mo‘ralar tutun.

Shaharda esa she'r yozar telba

Unga qiziq edi kecha va bugun.

Kechani tezda yashab ham bo‘ldi,

Bugunni yashardi botgancha g‘amga.

Sershiddat yoshlik ovulda qoldi,

Shahar to‘la edi achchiq a'lamga.

Bu yerda seni tushunmas birov,

Bu yerda kinoya tig‘dek botadi.

Bu yerda qishda tushmaydi qirov,

Bu yerda qor emas dardlar yog‘adi.

Balki shu uchun zo‘r shoirlar ham,

Mashhur bo‘lishgandur katta shaharda.

Shaharda qissa, shaharda roman,

Shaharda bo‘lgandur bari shaharda.

So'ng adabiyot yuksaldi bora,

Ko'rsatib insonning zavqli hayotin.

Shaharda hayot qaynar tobora,

Tobora qaynardi achchiq azobi.

Afsus yo'qolgan mayus ovozlar,

Bola sog'ingandur ona allasin.

Yo'qdir iltifot, yo'q iltimoslar,

Shu yerda erur hamma, hammasi.

Lekin, o'rmonda, kichik bir kulba,

Kulba mo'risidan mo'ralar tutun

Sokinlik poylar eshik oldida,

Sokinlik o'rmonda yashashga mahkum.

©️Yastiriy

Send as a message
Share on my page
Share in the group