Translation is not possible.

“Odamlarning oʻzlari kasb qilgan qilmishlari sababli

quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu

balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-maʼsiyatlaridan)

qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini)

torttirib qoʻyish uchundir” (Rum, 41).Oyatda Alloh taolo bandalarning baʼzi gunohlari sababli balo-ofatlar

yuborishi haqida habar berdi. Oyatda Alloh taolo “Oʻzlari qilgan

amallari sababli” demay, “Oʻzlari kasb qilgan narsalari” deya, kasb

soʻzini ishlatgan. Kasb soʻzini ishlatishdan maqsadi — insonni bir marta

qilgan gunohi sababli balo-ofat yubormasligi, qachonki gunohlar

kasbga, yaʼni odatiy holga aylangandagina fasod sodir boʻlishini

bildiradi. Alloh taolo har bir qilgan gunohimizga jazo beradigan boʻlsa,

biz dunyoda yashay olmas edik. Alloh taolo ayrim gunohlarga jazo

sifatida ogohlantirib, balo-ofatlarni yuboradi

Shayx Abdulmajid ibn Abdulaziz

,, Tavhid" kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group