Translation is not possible.

Gul suvga oshiq boʻldi...

Suvga:

-“Seni sevaman”-deb aytdi. Suv:

-“Men ham seni sevaman”-dedi.

Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:

-“Seni sevaman”-dedi.

Suv:

-“Men ham seni sevaman”-dedi...

Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...

Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:

-“Gulga nima boʻlgan ekan?”-deb soʻradi...

Tabib esa:

-“Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi”-dedi...

Bundan shu narsa tushuniladi ki, “Ishq - faqatgina seni sevaman!” - deb aytishlikdan iborat emas ekan.

Ishq - senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

Sevgi ayb koʻradigan koʻzni yumib, goʻzallik koʻradigan koʻzni ochadi. Sevadigan boʻlsang, mana shunday sev!

Na aybsiz inson qidir, na insonda ayb...

Qanchalik boy boʻlsang ham, faqatgina yeya oladiganing darajada yeysan.

Dengizga koʻzani botirsang, ola oladigan darajada suv oladi.

Qolgani esa qolib ketadi...

Ey inson!

Haddingni bil!

Tijorat ahli boʻlmasang doʻkon ochma!

Hol ahli boʻlmasang ogʻzingni ochma!

Ulugʻlar bor majlisda ahkom oʻqima!

Koʻrlar bozorida oyna sotma!

Ahil boʻla olmayotgan ekansan, hech boʻlmasa odobli boʻl!

Hazrati Mavlono Jaloliddin Rumiy quddisa sirruhu

Send as a message
Share on my page
Share in the group