Translation is not possible.

Ayrim xonimlarga

Chekinsin!

Postlarni o'qiyman bo'lib hayrona,

Jiddiy mavzularda kulib qotishar.

Ostidan nom qo'yib "Ummu falona",

Izohlar bahona gaplar otishar.

Sochib qalblardagi pinhon hislarin,

Diniy so'zlar topib bahonasiga.

Eriga aytmagan iliq so'zlarin,

Aytarlar nomahram parvonasiga.

Kuzgi xazon kabi so'lib ketmishdir,

Ne bo'ldi rijollar himmatlariga?

Yo Rabbiy, nimalar bo'lmoqda axir,

So'nggi Payg'ambarning ummatlariga?

Ko'rsatib o'zlarin go'yo olimlar,

Chiqolmay izg'irlar vasvas domidan.

Eng alam qilgani johil xonimlar,

So'z qotishar xayxot, dinning nomidan.

Ne ajib jasorat, naqadar erkin,

Yoqangni ushlaysan ko'rib savolni.

Ayting-chi, nima deb tushunish mumkin,

Ko'pxotinga targ'ib qilgan ayolni?

Hayodan gapirsa bo'lurmi, axir,

Tunda nomahram-la baxslashgan ayol.

Erini mensimas, nafsiga asir,

"Men haqman", degani - xayoldir, xayol..

Tag'in oqlab ushbu shaddodligini,

Deydi: "Haqparvarman, xolis, beg'ubor".

"Smaylik" yo'llagan bedodligini -

Qosh qoqib qo'ygandan nima farqi bor?!

Siz ko'p tanildingiz, to'g'ri, hozirda,

Fitnali baxslarga siz doim tayyor.

Ammo shunday ona bor-ki moziyda -

Hech tanilmasa-da, Buxoriysi bor!

Bilmadim, Sukerberg kashf qilgan bu to'r,

Ishlaydi ne maqsad, qay niyat bilan?

Ammo, afsus, ayrim muslimani ko'r -

Gaplashib yotibdi yettiyot bilan!

Tik qarash mushkuldir gapning rostiga,

Har zamon tan olmas botun, g'ururlar.

Xonimlar chekinsin parda ortiga,

Bas, chiqsin sahnaga Amir Temurlar!

© Abror Muxtor Aliy

Send as a message
Share on my page
Share in the group