Senga bergan tog'-tog' vadamni o'ylab,
Ortiq meni kutma og'rinma gulim,
Chunki uzoqlarda sendan intizor,
Meni yig'lab kutar Aqso sevgilim!
Garchi gul vaslingga yetolmasamda
Joning omonligin bilib ko'nglim to'q.
Lek menga intizor ul janonada
Faryodin tinglovchi Salohiddin yo'q.
Qayerda deysanmi o'sha dildorni?
Falastin atalmish diyor bor Shomda
Qanday ishqing tushdi ko'rmagan bo'lsang?
Go'zal nomi kelgan ulug' Kalomda.
Ne kerak jon berib olis go'zalga?
U menga Rosulim omonatlari.
Uni bandi qilgan begona emas
Ummatning johillik hiyonatlari.
Bormasam bo'lmaydi yoshlaringni art,
Rosul sajdagohin payhon qildilar.
Totgan tuzlariga tupurib qo'yib
Ummat rijollarin o'lik bildilar.
G'oziylik visolga yetkazur oxir
Ko'rurman Aqsoning gul jamolini
Bobom Ibrohim kechirmas axir
O'rnin ololmasam bir chumolini.
Senla orzularim bir jahon edi
Lek meni umidla kutmagin gulim.
Ko'zlari jovdirab qo'rquv ichida
Meni yig'lab kutar Aqso sevgilim!
Senga bergan tog'-tog' vadamni o'ylab,
Ortiq meni kutma og'rinma gulim,
Chunki uzoqlarda sendan intizor,
Meni yig'lab kutar Aqso sevgilim!
Garchi gul vaslingga yetolmasamda
Joning omonligin bilib ko'nglim to'q.
Lek menga intizor ul janonada
Faryodin tinglovchi Salohiddin yo'q.
Qayerda deysanmi o'sha dildorni?
Falastin atalmish diyor bor Shomda
Qanday ishqing tushdi ko'rmagan bo'lsang?
Go'zal nomi kelgan ulug' Kalomda.
Ne kerak jon berib olis go'zalga?
U menga Rosulim omonatlari.
Uni bandi qilgan begona emas
Ummatning johillik hiyonatlari.
Bormasam bo'lmaydi yoshlaringni art,
Rosul sajdagohin payhon qildilar.
Totgan tuzlariga tupurib qo'yib
Ummat rijollarin o'lik bildilar.
G'oziylik visolga yetkazur oxir
Ko'rurman Aqsoning gul jamolini
Bobom Ibrohim kechirmas axir
O'rnin ololmasam bir chumolini.
Senla orzularim bir jahon edi
Lek meni umidla kutmagin gulim.
Ko'zlari jovdirab qo'rquv ichida
Meni yig'lab kutar Aqso sevgilim!