Nafs tarbiyasi.
Eng katta dushmanlarimizdan biri o'z nafsimizdir. Bu borada, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "A'do aduvvika nafsukal latiy bayna janbayk", - deganlar. Bu nafs isloh qilinmagunicha insonning kamolga yetishi mumkin emas, deganidir.
Onadan tug'ilganda inson bolasi ikki xulq bilan tug'iladi. Bulardan biri havoyi istak, ikkinchisi g'azabdir. Havo shahvatni keltirib chiqarganidan, bola o'z manfaati taqozosiga ko'ra, onasining ko'kragini istaydi. G'azabi bilan esa, o'zini himoya qilishga urinadi.
Tug'ilgandanoq yuzaga kelgan yuqoridagi ikki yomon xulqdan va bulardan hosil bo'lgan hirs, tama, tuli amal, dunyo sevgisi, kibr, ujb, adovat va hasad kabi oltmishdan oshadigan yomon xulqlardan qutulish va bularni yaxshi xulqlarga o'zgartirishga harakat qilmoq inson saodatining taqozosidir. ("Nafs nimadir" kitobi, Muhammad Zohid Qutqu)
Kitobda aytilganidek, nafs insonning eng xavfli dushmanlaridan biridir. Nafsdan butkul qutulish esa imkonsizdir, faqat uni tarbiyalasa bo'ladi, albatta. Nafsni muvozanatda ushlash kerak. Birinchi o'rinda, nafsimiz juda istagan narsadan tiyilishimiz, me'yorini ushlashimiz kerak.
Bir nechta inson amal qilishi qiyin, lekin amal qilsa, nafsni me'yorda ushlasa bo'ladigan tavsiyalarni berib o'taman:
- G'iybat qilma, g'iybatni tinglama, g'iybatchilar davrasidan uzoq yur;
- Oz-ozdan me'yorida, lekin samarali taomlan;
- Ko'zingni tiy, har tarafga, hech kimga hirs bilan qarama, zero, shahvat nafsning o'chog'idir;
- Pulingni o'ylab, puxta sarf qil, har narsaga ham qiziqib ketaverma;
- Dunyoning ishlariga ishonib qolma, har narsa o'tguvchidir va har narsaning ibtidosi bo'lgani kabi, intihosi ham bor;
- Berilgan umr olinishi ham bor, abadiy yashayman deb o'ylama;
- Ko'p kitob o'qi, zehning o'tkirlashadi, keng mulohazali bo'lasan, oq va qorani ajratishing osonlashadi;
- Ibratli hikoyalar o'qi, tingla, ibrat olasan;
- Eng muhimi, tafakkur qil, har ishni puxta o'ylab qil, puxta o'ylangan ish nafsni chegaralaydi.
Nafsni yengish uchun inson, avvalo, o'zi ich-ichidan qattiq harakat qilishi kerak. Uning keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlarini chuqur tafakkur qilish kerak va ko'z oldiga keltirishi kerak. Shundagina, nafsning yomonligi orqali paydo bo'ladigan salbiy oqibatlarga bo'lgan qo'rquv tug'iladi va bu qo'rquv insonni nafs qulligidan qaytaradi.
#nafs_tarbiyasi
uktamovich_shaxsiy