🕯"Farishtalar va iblislar"
🍁Den Braun
Den Braun, istalgan toifadagi kitobdan bezib qolgan insonni qayta kitobga mixlab qo‘ya oladigan adib. Tarix, san'at va dinning uzviy integratsiyasi orqali Braun bizga doim aqlbovar qilmas darajadagi sarguzasht-triller asarlarni taqdim etib kelgan. Braunning ushbu kitobini o‘qish davomida Go‘yoki serial ko‘rgandek qismma qism hayajon ila o‘qidim.
Ishonch juda qudratli va aqldan ozdiruvchi qurol. Hatto arzimas sabablarga ko'ra o'zing ishongan narsalar uchun kurashga kirasan, kurashasan va nobud bo'lasan. Ateistlar, dindorlar, deistlar, ilm kishilari va yana turli oqim egalari, barining tag zamirida ishonch yotadi. Barcha o’z falsafasini himoya qilishga urunadi. Dindorlar o’zlarini haqligini isbotlashdan charchamaydilar, ateistlar esa ularni ustidan kulishdan. Har bir oqim, har bir xurofot o'zining haqligini ta'kidlaydi. Aslida kim haq ? Braun aksar hollarda shu savolni o’rtaga tashlaydi, xususan ko’p bahslarga sabab bo’lgan Ibtido hamda Farishtalar va Iblislar asarida ham bu mavzu turli rakurslar o’laroq yoritilgan.
Syujet poydevori din va ilm-fan o'rtasidagi ko'p asrlik mojarolar ustiga qurilgan. Mavzu allaqachon bahsli bo'lganligi sababli, u anchagina keskin. Braunga xos ravishda sirli, tarixiy va ilmiy voqealar maromida uyg’unlashtirilgan. Ba'zida u berayotgan ma'lumotlarning barchasi haddan tashqari ko'pdek tuyuladi, hatto Braun o'z bilimlari bilan o'quvchini hayratda qoldirmoqchi bo'layotgandek, biroq kitobni tugata borganingiz sari sizdagi ko’proq narsani bilish ishtiyoqi kuchayib boraveradi.
Adibni ko’pchilik jiddiy qabul qilmasligi doim meni ajablantirib keladi. Ba’zi bo’rtirishlar va qo’shimchalarni hisobga olmasa, asarlarida tilga olingan ko’pchilik tarixiy voqealar faktdir. Muxbir Martin Sevidjga bergan intervyusida, muallif holatni quyidagicha izohlagan;
Arxitektura, san'at, maxfiy marosimlar, tarixiy faktlar, bularning barchasi tarixiy haqiqatdir. Roman fantastik asar bo'lsa-da, undagi ma'lumotlar to'g'ri va yaxshi o'rganilgan.
Endi asarga to‘xtalsak.
Qadrdon simbolist professor Robert Lengdon bilan CERN tadqiqot markaziga tashrif buyurib "Illiminati" tomonidan o‘ldirilgan Leonardo Vetra qotilini izlashga kirishamiz, doimgidek xushro‘ygina qiz bizga hamrohlik qiladi. Yuguramiz-yelamiz, san'at durdonalari, beqiyos jumboqlar, shahvat lazzati, xatolar va to‘siqlarga duch kelgan holda o‘z manzilimizga yetamiz. Braun asarlarining qanday tugashining menga ahamiyati yo‘q, chunki men asarni u uchun o‘qimayman. Braunda din va fan birlashmasini vujudga keltira olgan nozik-yoqimli hissiyot bor, aynan shu narsa meni doim junbushga keltirib kelgan. Braun oddiy haykallardan tortib nozik san'at durdonalarini shunday ta'riflaydiki, ularni ko‘rmasdanoq oshiq bo‘lasan kishi.
Bundan tashqari, Braun asarlarida haqiqatlar mavjud. Misol uchun antimateriyani olaylik. CERN tadqiqot markazi rostan ham antimateriyani kashf etgan, biroq Braun romani nashrdan chiqqach bir qancha e'tirozlar bildirishgan. Xususan, antimateriyani yaratish uchun sarf qilinadigan energiya, u beradigan energiyadan ko‘pdir, ya'ni antimateriya Braun aytganchalik cheksiz energiya manbayi emas, u o‘zini oqlamaydi. Biroq olimlar bu ustida tadqiqotlar amalga oshirishmoqda. Qiziq-a, antimateriya bo‘lsa-ya dunyoda. Biz esa bu kabi kashfiyotlardan badiiy-sarguzasht asarlar orqali xabar topamiz. Ilmiy-maqolalar o‘qimaslikning oqibati bu.
Yana bir kunni Robert bilan birga sayr etganimdan mamnunman. Barchaga yoqimli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila
LochinAsror