Translation is not possible.

#mnemotexnika

Eslab qolishga halaqit beruvchi omillar.

Beshinchi omil alkogol va tamaki mahsulotlarni qabul qilish.

Alkogol miya hujayralarining kislorod qabul qilish jarayonini salbiy ta'sir koʻrsatadi. Bu ham yetmagandek inson bosh qismida og'riq hosil qiladi. Juda ko‘p ishonchli malumotlar asosida shuni aytish mumkinki, faqatgina bir gram alkogol 200 ta atrofida miyadagi neyronlarni (hujayralarni) o'ldirib yuboradi. Yarim litrlik pivo taxminan 5000 dan ortiq neyronlarni o'ldirishi isbotlangan. O'tgan asrning 80-yillarida daniyalik olimlar muttasil ravishda alkogol iste'mol qiluvchi insonlar miyasini 4 yil davomida tekshirishgan va ichuvchi insonlar miyasi hajmi kichiklashganini aniqlashgan. Professor Jdanov aytganidek: " Spirtli ichimliklar bizning miyamizning hojatxonaga tushishiga olib keladi" Shaxsan men hech qanday spirtli ichimliklar iste'mol qilmayman spirtli ichimliklar inson miyasiga faqatgina zarar keltiradi xolos. Tamaki mahsulotlari miyada qon aylanish tizimiga zarar yetkazadi. Bir qarashda bu xotiraga zarar

yetkazmaydigandek tuyulishi mumkin ammo lekin bu egri holatda miyaga ta'sir etadigan holatdir. Insonda qachonk intellektual o'sish bo'ladi qachonki inson organizmi hamda uning miyasi o'z funksiyasini me'yorida va to'g'ri bajarsagina. Kimdir aytishi mumkin: "Mening bir tanishim bor. U juda ko‘p ichadi va chekadi ammo xotirasi juda kuchli. Bunga nima deysiz" deb. Bunga aytamizki agar ichmaganda va chekmaganda bundan ancha kuchli bo‘lar edi.

Uzoq muddatli va murakkab aqliy mashqlarni bajarish uchun inson jismoniy ham aqliy tomondan kuchli bo'lishi kerak. Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashing.

t.me/quvvaihofiza

Send as a message
Share on my page
Share in the group