Bir serialmi yoki bir yo‘l...
Abdulhamidxon seriali o‘z nihoyasiga yetdi.
Bilasizmi bu serialni 1 yil davomida ko‘rdim va bu mobaynida bu serial bilan birga yashadim.
Bu serialni 4-bor ko‘rishim va 4-sida o‘z nihoyasiga yetdi.
Bu serial asosan So‘ngi Xalifaning qilgan ishlari, yuritgan siyosati haqidadir, lekin men bunda Islomni ko‘rdim, yana ham teranroq tushundim.
Allohga va Nabiyga bo‘lgan muhabbat, Vatan tuyg‘usi, vafo, do‘stlik, ota-ona, yaqinlar, xalq, dindoshlar, insoniyat, va bu olam...
Afsuski serial tugadi, lekin mening serialim 22 yil oldin boshlangan ekanini tushundim.
O‘z serialim qanday go‘zal bo‘lishligini va yakuni qanday bo‘lishi kerak ekani haqida chuqur o‘yladim.
Mening serialimni ham yuqorida ko‘rib turishibdi, mahsharda bu serial qo‘yib beriladi.
Bunda rol o‘ynagan mening tanam yo mening yaxshiligimga yoki yomonligimga guvohlik beradi.
O‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarim yana ham oydinlashdi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkin-ki, bu olamga mehmon bo‘lib kelamiz.
Asl uyimizga qaytganda "Xo‘sh nima qilding?" deyishganida faxr ila aytadiganlarimiz bo‘ladimi?!
Bo‘lmasa shuni harakatini qilaylik...
23.07.2023
@MuhammadSaid_Buxoriy
#islam #Ислам #islom #abdulhamidxon

Muhammad Said Buxoriy
#islam #Ислам #islom #abdulhamidxon