UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Shaxsiy blog

Translation is not possible.

Alloh sizga nima der ekan, hech qiziq emasmi sizga...

Bilasizmi, ba’zan duo qilib savollaringizga javob ololmasligingiz mumkin.

Namoz o‘qib savollaringizga javob ololmasligingiz mumkin.

Lekin Qur’onni o‘qib, albatta savollaringizga javob olasiz.

Hech sizda ham bo‘lganmi!?

Ba’zan siqilib qolganingizda bir inson bilan (hamma bilan ham unday bo‘lmaydi) suhbat qurib yengil bo‘lib qolasiz,

Savollaringizga, mushkulotingizga yechim olasiz yoki hech bo‘lmaganda xotirjam bo‘lasiz.

Qur’on mana shunday suhbatdosh. Unda barcha-barcha narsaning yolg‘iz egasi bo‘lgan Alloh bilan suhbatlashasiz.

Qur’on orqali savollaringizga javob olasiz.

Unda aldov yo‘q, unda xato yo‘q, undagi narsalar hech qachon eskirmaydi, u insonning yo‘riqnomasidir!

Yolg‘iz Qur’onni ma’nolari bilan bir o‘qib ko‘ring!

Ajr, savob, foyda ularni o‘ylamang. Ayniqsa birov uchun yoki qolganlarga yaxshi ko‘rinish uchun emas, shunchaki yolg‘iz xonaga kiring va o‘qishni boshlang!

Alloh aynan sizga nima der ekan a...

Muhammad Said Buxoriy

#мулоҳаза #mulohaza #мақола #muhim #важные #мулоҳоза

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Agar sen bo'lsang...

Dangasa - Telefondan uzoqlash.

Lanch - Piyoda yur.

Xafa - Sport bilan shug'ullan.

Tashvishli - Namoz o'qib, sajda qil.

Ortiqcha o'yli - Maqola / Kitob yoz.

P/s: Ustozim maslahatlaridan, amal qilganga manfaatli!

Muhammad Said Buxoriy

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Аbdulloh ibn Аmr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Аllohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ’ala to‘atika", - deb aytardilar.

Ma’nosi: Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Аllohim, qalbimizni toatinga burib qo‘ygin.

Imom Muslim rivoyati.

P/s: Keling shu duoni aytib yuramiz...

Muhammad Said Buxoriy

#islam #ислам #islom #qalb #duo #дуа

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bir ota tilidan...

Bir kuni qizim menga yoqmaydigan ish qilib qo‘ydi, men unga shunday qaradimki, u bildi, jahlim chiqqanini. Ko‘zlaridan qo‘rqqanligi bilinib turardi.

Men qizim qo‘rqqanidan hozir qochib ketsa kerak deb o‘yladim. Lekin u yugurib kelib oyoqlarimni quchoqladi...

Shunda bir narsani tushundim.

Banda Allohni qahrini keltiradigan gunoh qilarkan, faqatgina ungagina qochib bundan qutulishi mumkin.

P/s : Allohdan qo‘rqib, Allohga qoch!

Muhammad Said Buxoriy

#islam #ислам #islom

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bir serialmi yoki bir yo‘l...

Abdulhamidxon seriali o‘z nihoyasiga yetdi.

Bilasizmi bu serialni 1 yil davomida ko‘rdim va bu mobaynida bu serial bilan birga yashadim.

Bu serialni 4-bor ko‘rishim va 4-sida o‘z nihoyasiga yetdi.

Bu serial asosan So‘ngi Xalifaning qilgan ishlari, yuritgan siyosati haqidadir, lekin men bunda Islomni ko‘rdim, yana ham teranroq tushundim.

Allohga va Nabiyga bo‘lgan muhabbat, Vatan tuyg‘usi, vafo, do‘stlik, ota-ona, yaqinlar, xalq, dindoshlar, insoniyat, va bu olam...

Afsuski serial tugadi, lekin mening serialim 22 yil oldin boshlangan ekanini tushundim.

O‘z serialim qanday go‘zal bo‘lishligini va yakuni qanday bo‘lishi kerak ekani haqida chuqur o‘yladim.

Mening serialimni ham yuqorida ko‘rib turishibdi, mahsharda bu serial qo‘yib beriladi.

Bunda rol o‘ynagan mening tanam yo mening yaxshiligimga yoki yomonligimga guvohlik beradi.

O‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarim yana ham oydinlashdi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkin-ki, bu olamga mehmon bo‘lib kelamiz.

Asl uyimizga qaytganda "Xo‘sh nima qilding?" deyishganida faxr ila aytadiganlarimiz bo‘ladimi?!

Bo‘lmasa shuni harakatini qilaylik...

23.07.2023

Muhammad Said Buxoriy

#islam #Ислам #islom #abdulhamidxon

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group