Translation is not possible.

Haqiqat

Ko'nglimni g'ashlik kemirdi biroz,

Lek sokinlikni etmadim orzu.

Ezilsam o'ylab ezildim holos,

Kim menga mayoq, kim bo'ldi qozi.

Qalbda qaynar ming yillik po'rtana,

O'xshatma uni mungli yoshlarga.

Ichimda suvlar toshadi yana,

So'ngra urilar qoyatoshlarga.

Yig'latsa "alkimyo"¹ yig'latar meni,

Temirni oltin qilgan o'sha u

O'rganib qumning mahfiy tilini

Cho'lda adashmay yurgan tuya u

U sen o'qigan qalin kitobmas,

Ehromlargacha cho'zilgan yo'l u.

Toqqa chiqiboq bir kulgan nafas,

Billur idishda choy tutgan qo'l u.

Menga moziyni qilma rivoyat,

Menga so'zlagin umum ovozda².

Menga hozirni qilgin hikoyat,

Tarix har doim qolar qog'ozda.

Bo'ldi o'tmishni kovlama endi,

Tilingdan kelsa³ bugunni alqa

Ayta olaman - o'zimga keldim

Axir qaytardi hayotga "Halqa⁴"

Keltirsam ko'pdir yana misollar,

Tillar sanashga ulgurmaydilar.

Insondek emas bilsang kitoblar,

Ular tiriklay o'ldirmaydilar.

©️Yastiriy

1. Alkimyo - Alkimyogar (Paolo Keolo) asaridagi har qanday metallni oltinga aylantiruvchi yoki zamirida butun koinotu mavjudotlarni birlashtirib turuvchi unsur.

2.  Umum ovoz - hissiy fe'l ila hamma tushuna oladigon muloqot shakli

3. Tilingdan kelsa = qo'lingdan kelsa.

4. Halqa - Akrom Malikning halqa asari.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group