Translation is not possible.

Qurbonlik va uning hukmlari haqida ☝️

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

40 FARZNI BILASIZMI?

Islomda 5 farz bor.

Iymonda 7 farz bor.

Namozda 12 farz bor.

Tahoratda 4 farz bor.

Tayammumda 4 farz bor.

Gʻuslda 3 farz bor.

Amru maʼrufda 1 farz bor.

Nahiy munkarda 1 farz bor.

Hayzda 1 farz bor.

Nifosda 1 farz bor.

Ilm izlashda 1 farz bor.

Islomdagi 5 farz:

1.Iymon;

2.Namoz;

3.Roʻza;

4.Zakot;

5.Haj.

Iymondagi 7 farz:

1.Alloh Taologa iymon keltirish;

2.Farishtalarga iymon keltirish;

3.Allohning kitoblariga iymon keltirish;

4.Paygʻambarlariga iymon keltirish;

5.Qiyomat kuniga iymon keltirish;

6.Yaxshilik va yomonlik ham Allohdan ekanligiga iymon keltirish;

7.Oʻlgandan soʻng qayta tirilishga iymon keltirish.

Namozdagi 12 farz.

Namozdan tashqaridagi 6 farz:

1.Namoz oʻquvchining badani katta va kichik betahoratlikdan pok boʻlishi;

2.Joyi pok boʻlishi;

3.Kiyimi pok boʻlishi va avratlarining berk boʻlishi;

4.Qiblani topishi;

5.Niyat;

6.Oʻz vaqtida oʻqish.

Namozning ichidagi 6 farz:

1.Takbiri tahrima (Dunyo ishlarini harom qilib, oxirat ishlarini halol qiluvchi takbir. “Allohu Akbar” deb namozga kiriladi);

2.Qiyomda turish;

3.Qiroat qilish;

4.Ruku;

5.Sajda;

6.Qaʼdai oxir (Attahiyoti miqdorida oʻtirish)

Taxoratdagi 4 farz:

1.Yuzning soch chiqqan joyidan iyakning ostigacha va ikki quloqning yumshoqlarining oralarini bir marta yuvish;

2.Ikki qoʻlning chigʻanoqlari bilan bir marta yuvish;

3.Boshning toʻrtdan biriga masʼh tortish;

4.Ikki oyoqning toʻpiqlari bilan bir boradan yuvish.

Tayammumning 4 farzi:

1.Namoz oʻqishni niyat qilib tayammum qilish;

2.Toza tuproqni qasd qilishi (Yer jinsidan boʻlgan, tuproq, tosh, qum kabilar);

3.Ikki qoʻlini tuproqqa urib yuziga masʼh tortish;

4.Ikki qoʻlini yana urib ikkala qoʻlining chigʻanoqlarini qoʻshib masʼh tortish.

Gʻusldagi 3 farz:

1.Ogʻizga suv olib yuvish;

2.Burunga suv olib yuvish;

3.Butun badanga suv yetkazib yuvish.

Amru maʼrufda 1 farz bor.

Yaxshi amallarni oʻzi bajarib, boshqalarga ham buyurish.

Nahiy munkarda 1 farz bor.

Yomon amallardan avval oʻzi saqlanib, boshqalarni ham qaytarish.

Hayzda 1 farz bor.

Hayz xukmlarini bilish. Hayz kunlarining ozi uch kun, koʻpi oʻn kun. Hayzdan pok yurishning eng ozi oʻn besh kun, koʻpining chegarasi yoʻq. (Bir umr hayz koʻrmasa, namoz oʻqiyveradi).

Hayz kunlarida namoz oʻqilmaydi, roʻza tutmaydi, jinsiy aloqa qilmaydi. Hayz toʻxtashi bilan gʻusl qilib poklanib namozini davom ettiradi, roʻzasini tutadi. Hayzli kunlarining namozlarini qayta oʻqimaydi. Roʻzaning qazolarini tutadi. Hayzli ayol Qurʼon tilovat qilmaydi, Musʼhafni ushlamaydi va Kaʼbani tavof qilmaydi.

Ilm izlashda 1 farz bor.

Ilm izlash, oʻqish farzdir erkak xotunga!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Faberlic va Oriflame shunga oʻxshash tarmoqli marketing va piramida savdosi haqida☝️

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qurbonlik soʻyish.🐏

1 view
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ahli kitoblarning soʻygan goʻshtlari halolmi?

2 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group