UMMA TOKEN INVESTOR

5 month Translate
Translation is not possible.

AYTING, MADINAGA QACHON BORAMIZ?

Necha ming chaqirim bugun oramiz,

Xatlarning qatida ko'ngil olamiz.

Ey meni duosi yo'glayotgan do'st,

Ayting, Madinaga qachon boramiz?

Ishqida yig'ladik, ishqida yondik,

Ishqi deb dunyoning ishidan tondik,

Умидга суяндик, унга ишондик,

Ayting, Madinaga gachon boramiz?

Ko'ngillar goraydi, tosh gotdi, do'stim,

Kipriklar uchida yosh qotdi, do'stim,

Yana umidvorlik asqotdi, do'stim,

Ayting, Madinaga qachon boramiz?

Sharofat yo'lini sog'indi yurak,

Shafoat yo'lini sog'indi yurak,

Alloh Rasulini sog'indi yurak,

Ayting, Madinaga gachon boramiz?

Bori g'ussalardan qochsak barobar,

Salom eshigini ochsak barobar,

Yig'lasak barobar, toshsak barobar,

Ayting, Madinaga qachon boramiz?

Qarog'im ichiga to'lmoqchiman men,

Vujudi muhabbat bo'lmoqchiman men,

Ummati Muhammad bolmoqchiman men, Ayting, Madinaga gachon boramiz?

Ey Nabiy, yuragim to'ldi degani,

Dardimni bir Xudo bildi degani,

Mana, g'aribingiz keldi, degani,

Ayting, Madinaga qachon boramiz?

Qalbimiz ajib bir sog'inchga to'lmish,

Yo'llarni g'ovlagan alamlar kulmish,

Ikkimizda armon ming bitta bo'lmish,

Ayting, Madinaga gachon boramiz?

Yo'l bo'yi salavot aytib ketgani

Dilni may, ko'zlarni soqiy etgani,

Meni Baqiy ichra boiy etgani,

Ayting, Madinaga qachon boramiz?

#O’tkirbekMuhammadsodiq

#islam #sher

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 month Translate
Translation is not possible.

Assalomu alekum. Bu platformadagi ilk postim.

Keling bu platformani Ummat uchun foydali ilmlar bilan to’ldiraylik. Faqat nafrat va kimlargadir dushmanchiligimizni boshqa platformalarda qoldiraylik

Alloh barakali qilsin

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group