UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Oʻzini izlab topolmayotgan va Robbisi yuklagan vazifani qidirayotgan ojiz bir banda

Translation is not possible.

Qiyinchiliklar yengillikka yoʻldir!

Yangi bilim olayapsan yoki sport bilan shugʻullanayapsan. Bilaman yoqmaydi chunki qiyinchiliklar va tushunmovchiliklarga toʻla.

Hammaning muammosi ham shunda, agar shu qiyinchiliklar oson boʻlib qolganda edi. Koʻpchilik insonlar oʻzlari hohlagan anchagina narsalarga erishishgan boʻlardi.

Ya'ni hozir til oʻrganishda yoki biron bir sport bilan shugʻullanishda qiynalapsanmi? Senga noqulaymi?

Demak, tepaga qarab oʻsayapsan, oʻzing hoxlagan maqsadlar(moliyaviy erkinlik, kuchli muskullar va h.k)ga yaqinlashayapsan.

Bu degani oʻsha sen hoxlagan yengillik! Hech narsaga eʼtibor berma, shunchaki bajar va davom et to natijagacha!

http://t.me/JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Oʻzlikni anglash sari
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ulardan shu narsalar bilan farq qilasanmi?

Muvaffaqiyatli karyera qilolganlar(misol: Top kompaniyalar(Google,Apple, Facebook...)da ishlaydiganlar)ning sendan farqi nimada? Nega sen ham ulardek boʻlolmaysan? Va shunday boʻlishinga nima xalaqit qiladi?

Ularni shu darajaga olib chiqqan, Ularning harakati boʻlsa, Nega sen ham buni takrorlolmaysan? (eng qizigʻi ularning deyarli barchasi 0dan koʻtarilgan)

Buni Imkoni yoʻq desang, ular buni eplashgan. Sharoitni bahona qilay desang, ularning koʻpchiligi oddiy oiladan chiqishgan.

Bu ishlarni qilolmaslikka oʻzingni nima bilan ovutasan va nega aynan sen oʻzingni ovutishing kerak?

Ps. Muammoyimiz nimada?

http://t.me/JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Oʻzlikni anglash sari
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Yutgan mardmas maydonga chiqqan mard!

Nima? Oddiy misol bilan tushuntirishga harakat qilaman.

Bir inson ingliz tilida darhol xatolarsiz ideal gapiraman deb gapirolmay yurdi. Yaxshi vaziyat boʻlishini, onasini tugʻilgan kuni oʻtishini, togʻasini toʻyini oʻtkazishni kutib yuraverdi.

Ikkinchi inson esa gapni oyogʻini osmondan qilib boʻlsa ham, xatolar bilan boʻlsa ham gapirishga harakat qilib-qilib, orada toʻy taziya boʻladimi har kuni bajarishga urinib yaxshi gapirib ketdi.

Xulosa: hamma narsa ideal boʻlishini kutma, imkoniyating yetganicha bajarishga harakat qil. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar bajarish bu maydonga chiqish demakdir.

Maydonga chiqdingmi inshaalloh albatta gʻalaba qozonasan ham!

http://t.me/JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Oʻzlikni anglash sari
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Yangi amal!?

Biron bir kitob oʻqiganda yoki yaxshi maʼruza eshitganingda qanchalik foyda olganing qayerdan bilasan?

Chunki kitob oʻqishdan yoki maʼruzalarni eshitishdan maqsad foyda olish boʻladi! Boʻlmasa qilmasding!

Qachonki yuqoridagi ishlarni bajarganingdan keyin senda "yangi amal" paydo boʻlsa, ana oʻshanda foyda olgan boʻlasan.

Boʻlmasa oʻsha ishni qilishga boʻlgan vaqtingni shunchaki koʻkka sovurgan boʻlasan.

Shuning uchun yangi narsalarni qilayotganingda (shu postni olaylik) biron bir "yangi amalni" boshlab olishni niyat qil va amalga oshirishga maksimal harakat qil.

Shunda foydada boʻlasan xuddi 100ming pulingni 150ming qilgandaka.

http://t.me/JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Oʻzlikni anglash sari
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bu baʼzida esingdan chiqib qoladi!?

Akang ingliz tilida ravon gapiradi. Seni esa ingliz tili oʻrganishni boshlaganinga endi 3 oy boʻlgan boʻlsada, hali ham ingliz tilida gapirolmasliging seni umidsizlantirishi va endi boshlagan ishlaringni butkul tashlab yuborishliging mumkin.

Shuning uchun yangi narsalarni oʻrganishni boshlaganingda, oʻzingni seni darajangdan yuqori boʻlganlarga solishtirma! Agarda seni oʻrganishga boʻlgan motivatsiyangni tushirib yuborsa.

Chunki boshida sening harakatlaringni kichik va kamligi, seni umidsizlik botqogʻiga botirib qoʻyishi mumkin.

Shuni unutmaki eng zoʻrlar ham xuddi senga oʻxshab mutloqo 0 dan boshlashgan.

Shu sababli buni yodingdan chiqara koʻrma!

Ps. Tirikmisan hech qachon taslim boʻlma va taslim boʻlishinga aytarlik asos ham yoʻq!

http://t.me/JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Telegram: Contact @JavohirNiyatovblog

Oʻzlikni anglash sari
Send as a message
Share on my page
Share in the group