UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
Xalqimizni 90% musulmon nimaga biz demokratik davlatda yashayapmiz nimaga unday, nimaga bunday stop toʻxtang Raqamlarga aldanmang. Muhimi son emas sifatda, siz aytayotgan 90% musulmonning yarmi kalimai shahodatni bilmaydi katta ehtimol bilan siz shu musulmonlarga borib Islomiy davlat quramiz deb koʻring haqiqiy fitnani, haqiqiy urushni boshlagan boʻlasiz. Musulmon odam hissiyotlari bilan emas aqli bilan ish koʻradi (agar boʻlsa shu aql). Dunyoda musulmonlar qiynalyapti, adolatsizlikka uchrayapti qoʻlimdan kelsa ularga yordam berardim lekin davlat bunga qarshi, jihod qilaman degan odamni terrorchilikda ayblaydi va hokazolar stop toʻxtang davlat sizga ruxsat berdi ham deylik nima qila olasiz qiruvchi samolyotlarga qarshi avtomatda urishmoqchimisiz ( shu avtomat ham boʻlsa). Bugun jasoratning xohishning oʻzi kamlik qiladigan davrda yashayapmiz. Siz istasangiz ham istamasangiz ham tan olsangiz ham tan olmasangiz ham haqiqat shu. Dunyodagi musulmonlarga yordam berish uchun bu davlat avvalo Geosiyosiy, iqtisodiy jihatdan umuman barcha sohalarda kuchli boʻlishi kerak 21-asr Kuch qaysi davlatning qoʻlida boʻlsa qonunlarni oʻsha davlat yozadigan davrda yashayapsizmi boshqa iloj yoʻq. Musulmonlarga yordam bermoqchimisiz demak global dunyoda oʻz oʻrningiz boʻlishi, boshqa davlatlarga gapingizni oʻtkaza olishingiz kerak va buning uchun rivojlanish, oʻqish oʻrganish oʻrgatish va birlashish kerak. Oʻqish kerak ilm olish kerak mutaxassislar yetishtirish kerak degan gaplar sizga balandparvoz gaplardek tuyulishi mumkin lekin bundan boshqa chora yoʻq "Najot taʼlimda". Bu yoʻl oson boʻlmaydi, siz kutgandek tez ham boʻlmaydi lekin yagona yoʻl shu.
#shunchaki vaqtlar oʻtib oʻzgarishi mumkin boʻlgan shaxsiy fikrim.
Send as a message
Share on my page
Share in the group