UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
0
No followings
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Yo‘lda ketayotgan edim…
bu manzara ko‘zimga tashlandi… va yuragimda g‘alati bir hissiyot uyg‘ondi.
Go‘yo ko‘zlarim ko‘rdi, ammo ruhimda bezovtalik.
 
Shu on ichida o‘yladim — insoniyat tarixida ko‘plab yo‘llar ochilgan,
ko‘plab kitoblar nozil qilingan: Tavrot, Injil, Zabur…
Ammo ularning barchasi aslida bitta haqiqatni targ‘ib qilgan —
Allohning borligi, yagona Ilohning mavjudligi.
 
Vaqt o‘tgan sayin bu haqiqat soya ostida qolgan,
so‘zlar o‘zgargan, ma’nolar yo‘qolgan.
Shunda esa insoniyat yana nur izlagan,
va Qur’on — so‘nggi rahmat sifatida nozil bo‘lgan.Aslida dunyoda din bitta u ham-islomdir.
 
Islom bu yangi yo‘l emas,
haqiqatning yakuniy jilosi, ruhning asl osoyishtaligidir.
 
Va o‘sha lahzada yuragim pichirladi:
 
“Yo‘llar ko‘p… ammo manzil — bitta.
Haqiqat esa — Islomda.”
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نِعْمَةِ الْإِسْلَام
image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Malohatxon Tojialiyeva Changed her profile picture
1 month
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
🕰 VAQT – ENG BUYUK NE'MAT, ENG KATTA MAS'ULIYAT
 
Bugun yana bir kun. Ekranlar ostida, scroll ichra yashayapmiz. Birovning hayotini tomosha qilishga qiziqib, o‘zimizning vaqtimizni asta-sekin ko‘mib boryapmiz. Kimdir bachkanalik bilan kuldiradi, kimdir ko‘zbo‘yamachilik bilan havas uyg‘otadi. Lekin... biz yashayapmizmi yoki shunchaki ko‘rayapmizmi?
 
Unutmang – bizni Alloh taolo hayvondan farqli qilib, ong, yurak, iymon bilan inson qildi. Faqat yeyish, ichish, ko‘ngilxushlik bilan yashash uchun emas – tafakkur qilish, Haqni tanish, abadiy hayotga tayyorlanish uchun yaratildik.
 
Hayot esa bir libos. Biz hozir uni kiyib yuribmiz. Ammo bu libos abadiy emas – bir kun kelib, uni yechib, qabrdagi sukunatga kirib boramiz. Qanchalik chiroyli kiyinganimiz emas, qanday yashaganimiz muhim bo‘ladi o‘shanda.
 
O‘zingizdan so‘rang: "Qanchalik inson bo‘lib yashayapman? Vaqtimni nima yo‘lga sarflayapman? Meni yaratgan Zotga yuzim yorug‘ bo‘ladimi?"
 
Chunki vaqt – Alloh bergan eng katta imtihon. U pul emas, ko‘chaga to‘kib tashlay olmaymiz. Har daqiqasi bir hujjat. Har soniyasi bir guvoh.
 
Shovqinlardan yiroqlashing. G‘iybatdan, bachkanalikdan, riyo va ko‘z-ko‘zlardan holi bo‘ling. Nafsingizni emas, ruhingizni boqishga urinib ko‘ring. Zero, haqiqiy hayot – ko‘rinmaydigan, lekin yurakda uyg‘ongan hayotdir.
 
Alloh bizni vaqtni qadrlagan, o‘zini anglagan va libosini toza saqlab, tinchlik bilan uni yechgan bandalaridan qilsin.
Send as a message
Share on my page
Share in the group