UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Mo‘min kishi tongi Allohga hamd aytish ila qarshi oladi. Fosiq kishi esa nolish ila qarshi oladi. Mo‘min musulmon kishi o‘z hayotida shariatga amal qilib yashaydi. Fosiq kishi esa unga berilgan vaqtni qadriga yetmay, na oxiratiga va na bu dunyosiga foyda keltirmaydigan keraksiz narsalarga sarflaydi.

Hozirgi jamiyatimizda bir toifa vakillari mavjud. Ular tunlarini be foyda ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib tonglarini g‘aflatda qarshi oladilar. Ulug‘ ajrlardan be bahra qoladilar. Alloh taolo bizga  tunlarimizni orom olishimiz uchun qorong‘i qilib yaratgan emasmi. Olimlar tadqiqotlariga ko‘ra sog‘lom inson uchun o‘z vaqtda uhlangan 5 6 soatlik uyqu kifoya qilarkan.

Xufton namozini o‘qib bo‘lib, taxminan 10:00 larda uxlashga yotsak  ikki yarim uchlar atrofida tana o‘ziga yetarli bo‘lgan damni olib bo‘ladi.  Bomdod namozidan oldin va keyin qilingan ibodat va ishlarimizda biz bilmaydigan va sezmaydigan baraka bo‘ladi. Alloh tala bizning tonglarimizni barakali qilib qo‘ygan.

Endi hozirgi hayotimizga bir nazar solaylik. Biz tunlari soat bir ikkigacha keraksiz be - foyda ishlarni qilib kechalari juda ham kech uxlamoqdamiz bu esa kunduzgi ishlarimizdagi barakani yo‘qolishiga sabab  bo‘lmoqda.

O‘z vaqtida uxlamaslik yetarlicha dam olmaslik ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lmoqda. Bu esa hozirgi yoshlarimizni bu hayotga layoqatsiz qilib yetishtirmoqda. Insonni dangasa qilib qo‘yadigan narsa bu - toyib uxlamaslik. Inson agar yaxshi dam olmasa ibodatga ham layoqatsiz bo‘lib qoladi.

Tunlari o‘z vaqtida dam olib  tonglarimizni ibodat qilish bilan qarshi olsak Alloh taolo butun kunimizni barakali qilib qo‘yardi. Dindoshlar o‘z hayotimizni o‘zimiz isloh qilmasak, o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilmasak bu dunyo va oxiratdagi ahvolimiz yanada achinarli ko‘rinishga kelaveradi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Saidali Shavkatov Сhanged his profile picture
9 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group