She'r:
"Ay, jonimning qat-qatlarini makon etgan va bundan hatto jonimning o‘zi ham bexabar bo‘lgan, do‘st! Dunyo sen bilan to‘lig‘, lekin dunyoning sendan xabari yo‘q. Ko‘nglim, jonim, netib izingni izlasin. Jon-u ko‘ngil sening maskaning, faqat ular sendan ogoh emaslar. Surating xayolda-yu, xayolning sendan nasibasi yo‘q. Isming tilda-yu, tilning ham bundan xabari yo‘q. Xalqning sendan xabardor bo‘lmog‘i ism va belgilar bila mumkindir. Lokin, ko‘rmaysanmi, barcha ismlar-u belgilaring oshkor bo‘lgani holda xalqning sendan xabari yo‘q. Sening dengizing javohiri ortidan tushganlar asl iymon va shubha vodiysida sayr etib ham sendan voqif bo‘lmadilar. Seni qanday tanishtirayin? Chunki har qanday komil tanishtiruv ham sendan ojiz, hatto uning sendan xabari yo‘q. Parvozning Jabroil qanotidan qanday xabari bo‘lsin, xuddi shunday sendan xabar berganning ham, aslida, sendan xabari yo‘q."
Farididdin Attor. Devon
📚 "Yetti majlis" Jaloliddin Rumiy