UMMA TOKEN INVESTOR

Salmon Usmon shared a
Translation is not possible.

Soat 20:00 ga o’n daqiqa qolganda shoshib do’konga kirdim, do’kon 20:00 da yopilishi kerak, zo’rg’a ulgurdim. Menga kerakli narsa Pittsburgda faqat shu do’konda sotiladi.

Do’kon - oilaviy biznes. Bugun kassada ayoli ekan. Yoshlari 60-65 atrofida bo’lsa kerak.

Aravachaga kerakli narsalarni solib kassa tomonga yurayotganimda do’konning chiroqlari o’chdi. Ayol men harid qilgan narsalarni hisoblab turganida ichkaridan eri chiqib keldi. Ayol eriga qarab kulib yubordi va “Chiroqni nega o’chirding, mijoz bor edi” - dedi. Eri ham ovoz chiqarib kulib “Men odam kirganini bilmabman” - dedi.

Ular menga emas, bir-birlariga qarab gapirishdi. Yuz ko’zlarida samimiyat va mehr ko’rinib turardi.

To’g’risi shu oddiy narsa menga ta’sir qildi.

Bular kechgacha ishlagan, asablari charchagan odamlarga sira o’xshashmas edi. Kechgacha ishlab ham pozitivlikni, energiyalarini saqlab qolishgani meni ajablantirdi va hursand qildi.

Ayol “Ko’zingiz ko’rmi, odam bor edi-ku” deb shang’illamadi. Er “qayoqdan bilay, aytmaysanmi?” deb bo’g’ilmadi.

Shirinchilikda yashashga nima yetsin.

O’zlaringcha xulosa yasab olmanglar, bizda hammasi yaxshi alhamdulillah)

Bir-birini tushunmay, bir-birini egovlab yashaydigan oilalarni ko’p uchratganim uchun yozdim.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Salmon Usmon Сhanged his profile picture
10 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group