UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Bismillah

📢Bogʻlanib qolish nima?

Koʻrinishi qanaqa?

Kimgadir bogʻlanib qolsa, u hafa boʻlsa bunisi ham hafa boʻladi, kimdir hafa qilsa borib urishishga ham tayyor boʻladi.

Bu muhabbat emas

Insonda bunday munosabat boʻlsa oʻzi qiynaladi. U odamni umuman xatosini koʻrmaydi qanqadir tobe boʻlib qoladi. Uning fikrlari oziznikidan muhim boʻladi.

💡Lekin inson yaxshi koʻrishga muhtoj yaʼni moyil.

Va bunday munosabatga ehtiyoji ham bor. Ammo odamlarga nisbatan emas.

Robbisiga nisbatan

➡️Alloh bilan boʻlguncha esa avval odamlar bilan sinab koʻradi yaʼni huddi shu munosabatni topgunicha. Inson hayotida kimgadir buni his qilmasa Robbisiga nisbatan ham his qila olmaydi.

Yaʼni inson bu munosabatda insonlar bilan boʻlarkan pand yeydi va ohirida bularga Robbimgina arziydi deb hisoblashni boshlaydi. Va Alloh bilan munosabatga yetib keladi. Va

odamlar bilan boʻlganida u faqatgina jarayon sifatida samarali va foydali. Bu jarayonga kirmaslik ham kirib unda qolib ketish ham xatar.

📎Besabab yaxshi koʻrilmaydi. Baribir sabab boʻladi. Kimnidir yaxshi koʻrish uchun uni tanish kerak. Yaxshi koʻradiganlaringiz koʻp boʻlishi sizni foydangizga. Va buni Allohga olib boradigan vosita deb qarash kerak.

📎 Insonga ba'zan hech narsaga qizigʻi yoʻq, hech kimni yaxshi koʻrmaydi va hech narsani his qilmaydigan boʻlib qolishi maʼlum jarayon va bunda qolib ketish hamda bunga avvalo tushib qolmaslik kerak.

📎Kim oʻlimni koʻp eslasa, dunyoda eng kamiga ham rozi boʻladi

➖Oʻlimni eslash qanaqa boʻladi?

➖Inson oʻzini oʻlimini tasavvur qiladi. Odamlar uni yuvishini, koʻmishini, kafanlashganini...

⚠️nafs tarbiyasi uchun ustozlar amaliy vazifa qilib sifatida har kuni buni qilishni berishadi.

📎Hech boʻlmasa bir marta qilsangiz ham, oʻsha kuni oʻzingizni boshqacha his qiladi.

(Baʼzilarga fikr tugʻilishi mumkin bu bilan inson kambagʻallikka koʻnib qolmaydi? Ahir bizga boy boʻlish afzalku deb. Siz bu vazifani qilaverasiz, boy boʻlishga harakat qilasiz va baribir mendan yaxshi amal qoladi, oʻzimdagi ozlari ham yetadi deb koʻproq ehson qilasiz. Ya'ni sahiy boy ham boʻlasiz İnşallah, qoʻlingizdagini tarqataverasiz va

sizga kelsa ham sizdan ketsa ham qalbingiz hotirjam boʻladi yaʼni oʻzgarmaydi)

💡Inson oʻlimni koʻp eslasa, ertaga javob berishini oʻylaydi va kam gapiradi faqatgina foydali soʻzlar eshitishingiz mumkin boʻlib qoladi.

📚Baxtli odam bu boshqalardan nasihat olgan odamdir. Baʼzida qarab turib ham nasihat oladi, xulosa chiqaradi. Odamlarga qarab, ularning hatti harakatlaridan nasihat olishni izlaydigan odamga Alloh Oʻzi hikmatni anglatib qoʻyadi. Bu bunday qidirish eng afzal nasihat.

🌿Har qanaqa aloqani uzish bilan oʻsish boʻlmaydi. Doʻstlik, qarindoshchilik.

🌿Masiyat bilan boyish koʻpayish boʻlmaydi.

🌿Salomatlik 10 ta va uning 9 tasi jim turishlik. Allohni zikri esa joiz. Va 1 tasi keraksiz, foydasiz, zararli suhbatlardan uzoqlashish.

🌿Majlislarda Allohga osiy boʻlsa Alloh unga xorlikni beradi.

🌿Qobilyat ofat boʻlishi mumkin. Yaʼni qobilyatiga ishonib oz vaqtsa ulguraman deb vaqtini isrof qilishi mumkin. Odam oʻzini bilishiga ishonsa koʻpincha yangi ilm olishdan mahrum boʻladi. Va bu haqiqatdan ofat.

🫧🟢🫧

🪶Iroda Hasan

manba @nur_tafakkuur

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group