Shohrux Sultonmurodov Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Followers
1
Translation is not possible.
Hammasi yaxshi bo'lmaydi
 
Ijtimoiy faol va sog'lom inson har doim qandaydir muammolar girdobida bo'ladi. Ya'ni tashvishlar hech qachon tugamaydi.
 
Ko'p holda baxtni kelajakda ko'ramiz. "Mana shu holdan o'tib olsam keyin hammasi yaxshi bo'ladi" deymiz. Lekin bunday emas. Hal qilingan bir muammo undan kattaroq va jiddiyroq bo'lgan boshqasiga yoki boshqalariga yo'l ochadi.
 
Inson bir muammoda qotib qolsa haqiqy muammo shu aslida.
 
Muammolarimiz darajasi bizning darajamiz va saviyamizni ko'rsatadi. Chunki hech kimga o'zi ko'tarolmaydigan yuk berilmaydi do'stlar.
 
Modomiki bu zanjir uzilmas ekan oldin ham aytganimiz kabi baxt kelajakdagi hali yo'q narsalarmizda emas hozirda bor o'zimizdagi narsalarga shukr qilishimizda.
 
https://t.me/shohrukh_blogg
#ислам #хадисы #коран #сунна #islamedia #Ислам #qadriyat #newpost #inson #islom
Telegram: Contact @shohrukh_blogg
t.me

Telegram: Contact @shohrukh_blogg

Tafakkur qilib turishim uchun
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Shakl va hajm
 
Turfa xil shakldagi suv idishlarning sig'imi bir xil bo'lishi mumkin. Biroq insonga ma'lum hajmli idish kerak bo'lsa (masalan termos) u shu idishni shakllar bo'yicha saralaydi. Tabiiyki ko'pincha faqatgina bittasi didga mos tushadi. Holbuki qolganlari ham u izlagan hajmli idishlar edi.
 
Aynan ana shu bitta o'zgacha bo'ladi.
 
Insonni o'zini ham shu idishga o'xshatsak bo'ladi. Hajm - shu odamning bilimi, tajribasi ko'nikmasi bo'lsa, shakl esa uning e'tiqodi va qadriyati.
 
Bilim va tajriba insonning kasbiy rivojlanishiga hissa qo'shsa, qadriyat uni komil shaxsga aylantiradi.
 
Ishxonalarda ham rahbarlar ikkita bir xil mahoratlarga ega bo'lgan nomzodlardan qadriyati jamoaga mos keladiganini ishga qabul qiladi.
 
Idishlarni eng go'zal sayqallaydigan vosita esa Islom!
 
https://t.me/shohrukh_blogg
 
#ислам #хадисы #коран #сунна #islamedia #Ислам #qadriyat #newpost #inson #islom
Telegram: Contact @shohrukh_blogg
t.me

Telegram: Contact @shohrukh_blogg

Bir nimalar yozish uchun
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Qabr jannat bog'laridan biridir, yoki do'zax chuqurlaridan biridir!!!
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Nafs
 
Nafs deganda ko'pchilkning xayoliga negativ tushuncha paydo bo'ladi. Aslida esa unday emas. Nafs bu insonning bir qismi bo'lib, u oxiratda zafarga erishishimizga yoki aksincha ashaddiy azobga mubtalo bo'lishimizga sabab bo'ladigan vosita hisoblanadi.
 
Bandada nafs uch xil holda bo'ladi:
 
Xotirjam nafs - shaxvatlar ila kurashda g'olib bo'lib, sokinlikka erishgan nafsdir.
 
Malomatchi nafs - mo'mining nafsi bo'lib, agar egasi gunoh qilsa Allohning g'azabini eslatadi, agar savob qilsa "bu juda kam" deb malomat qiladi.
 
Yomonlikka buyuruvchi nafs - muntazaam ravishda gunohga buyuruvchi nafs.
 
Demak nafsimiz "yomonlikka buyuruvchi nafs" bo'lsa bu yomon holat. Uni doimiy ravishda poklab turish lozim, chunki gunoh, kibr, vasvasa, hasad kabi yomonliklar (qalb kasalliklari) tufayli nafs kirlanib turadi. Poklanish natijada esa "xotirjam" yoki "malomatchi" nafsga aylanadi. Buning uchun esa ruhiy tarbiyaga ehtiyoj seziladi.
 
https://t.me/shohrukh_blogg
 
#quran #ислам #Коран #хадисы #сунна #islamedia #коран #Ислам #дуа #хадис #nafs #newpost
Telegram: Contact @shohrukh_blogg
t.me

Telegram: Contact @shohrukh_blogg

Bir nimalar yozish uchun
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Tarix bu tayyor bilim va tajriba
 
Insoniyatning eng katta xatolaridan biri bu umrni behuda sarflash! Bunga sabab esa, muommolarimizni yechimni o'zim o'ylab topaman deb o'ylashlik va bunga ko'p vaqt sarflashlik. Ammo, bizgacha yashab o'tib ketgan 140 mlrd insonni hayotida xuddi shunday muommolar bo'lganligini va ular yechimlar yozib ketgani haqida o'ylamaymiz. Shunchaki shu bilimlarni o'rganib unga amal qilsak kifoya. Mashina minmoqchi bo'lsak uni detallarini o'zimiz birma bir yasab chiqib mashina termaymiz balki tayyorini olamiz. Bilim ham xuddi shunday bo'lishi kerak, tayyoridan foydalanishimiz kerak.
 
Bizning o'tmish haqida bilganlarimiz kelajakni qanchalik yaxshi bashorat qila olishimizni belgilab beradi. Chunki ba'zi narsalar hech qachon o'zgarmaydi, masalan inson tabiati. Yanada aniqroq misol farzand tarbiyasi, farzandni tarbiya qilishni o'rganish uchun o'zimiz natijasini bilmaydigan har xil usullarni qo'llab ko'rib, bir insonni hayoti bilan o'ynasha olmaymiz. Bunga ham asrlar oldin yozib ketilgan ulamolarning dasturamallari mavjud.
 
Musolmonlar uchun esa o'zimizdan avval yashagan va Islomga amal qilgan muslmonlar (Muhammad s.a.v va u kishidan keyingi 3 asrda yashaganlar) tarixi eng asosiy tajriba manbai.
 
https://t.me/shohrukh_blogg
 
#история #iqtibos #history #experience #tajriba #tarix #quran #ислам #Коран #сунна #хадисы #islamedia #коран #Ислам #хадис #newpost
Telegram: Contact @shohrukh_blogg
t.me

Telegram: Contact @shohrukh_blogg

Bir nimalar yozish uchun
Send as a message
Share on my page
Share in the group